Hizb ut-Tahrir – Amerika 2020 Xalifalik konferentsiyasini o‘tkazdi

0
489

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Amerika 2020 Xalifalik konferentsiyasini o‘tkazdi

Ma’lumki, Hizb t-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning ko‘rsatmasi asosida Hizb ut-Tahrir hijriy 1441 yil 28 rajabda Xalifalik qulatilganining 99 yil to‘lishi xotirasi munosabati bilan katta xalqaro kampaniya boshlagan. Ushbu kampaniya doirasida Hizb ut-Tahrir – Amerika ham hijriy 1441 yil 12-sha’bon, milodiy 2020 yil 5 aprel yakshanba kuni «Xalifalik konferentsiyasi 2020» nomli o‘zining yillik konferentsiyasini o‘tkazdi. Konferentsiya «Global notinchlikdan global tinchlikka», deb atalib, butun dunyo boshdan kechirayotgan koronavirus krizisi sababli internet tarmog‘i orqali jonli efirda tarqatildi. Zero, ushbu pandemiya butun dunyoda milliardlagan ziyonni o‘z ichiga olgan navbatdagi iqtisodiy krizisni keltirib chiqardi.

Konferentsiyada quyidagi mazmunda so‘zlar aytildi:

Ommaviy ishdan bo‘shashlar yuz millionlab kishilarga ta’sir ko‘rsatdi. Ular boshdan kechirayotgan uydan chiqmaslik cheklovlarini olam ilgari uchratmagan. Bular boyliklarni teng taqsimlamaslik, siyosiy notinchliklar va o‘nlab yillardan beri olamni o‘z domiga tortayotgan gumanitar krizislar tobora oshib borayotgan bir manzarada yuz bermoqda.

Ushbu manzarada Ummat – xoh ozchilik bo‘lsin, xoh ko‘pchilik bo‘lsin, farqsiz – mashriqdan mag‘ribgacha qaqshatqich repressiyani boshdan kechirmoqda. Kapitalistik ilmoniy hukumatlar uyg‘un jamiyatlarni bino etishga, milliardlagan insonlarning asosiy ehtiyojlarini ta’minlashga muvaffaq bo‘lisholmadi.

Butun olam alьternativ echimni intiqlik bilan kutmoqda.

Ushbu global echim Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Islom tuzumini tatbiq qilishdan iborat.

Roya gazetasining 2020 yil 8 aprel chorshanba kungi 281-sonidan

Izohlar yo'q