بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Gollandiya «Atrof-muhit muammosi va unga Islom nuqtai-nazaridan echim berish» nomli forum o‘tkazdi
Bugungi kunda iqlimning salbiy o‘zgarishiga va atrof-muhitga jiddiy zarar etkazilishiga butun dunyo duchor bo‘lmoqda. Buning oqibatida xalqlar tomonidan ayni zararni bartaraf etadigan echimlar berilishini hamda bundan ham yomon zararlarni oldini olish uchun kerakli chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qiluvchi ovozlar ko‘paymoqda. Mana shunday bir vaziyatdan kelib chiqqan holda, Hizb ut-Tahrir – Gollandiya 2020 yil 1 mart kuni Amsterdamda «Atrof-muhit muammosi va unga Islom nuqtai-nazaridan echim berish» nomli forum o‘tkazdi.
Forum Qur’oni Karim tilovati bilan ochildi. So‘ng birinchi ma’ruzani birodarimiz Abdulmalik boshladi va ekologik o‘zgarish mohiyati, uning Evropadagi sanoat inqilobidan boshlangani haqida gapirib, bunday dedi:
«Ekologik o‘zgarishning asosiy sabablaridan biri, ortiqcha darajada ishlab chiqarishga e’tibor qaratilganidir. O‘z navbatida, bu iste’molning ortishiga olib keldi, buning aksi esa, to‘g‘ri hisoblanadi. Chunki bunday holning o‘zgarishsiz davom etishi atrof-muhit va ekologiyaga salbiy ta’sir qildi. Masalan, zararli gaz chiqindilaridan tortib, sanoat va itse’mol chiqindilarigacha ko‘paygandan-ko‘paydi. Bu muammoning asl negizi, g‘arbcha fikrlash va hayotga G‘arb nuqtai-nazari bo‘yicha qarash, ya’ni, moddiy qiymatga ko‘proq erishishga e’tibor berib, buning qanday oqibat va zararlarga olib kelishidan ko‘z yumilganidadir».
Ikkinchi ma’ruzada Hizb ut-Tahrir – Gollandiya matbuot bo‘limi raisi ustoz Okay Pala atrof-muhitga etkazilgan zararning asosiy sababi haqida so‘z yuritib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Atrof-muhitga etkazilgan zararning asosiy sababchisi kapitalistik tuzumdir. Bu tuzum sof manfaatga va maksimal darajada foyda olishga asoslangan bo‘lib, buning ekologiyaga ta’sir ko‘rsatishi u yoqda tursin, hatto butun insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelsa ham parvo qilmaydi». Ustoz Islom nuqtai-nazari butun insoniyat ishlarini boshqarishga asoslangani va boshqaruvining bir qismi insoniyat yashayotgan atrof-muhitni muhofaza etishdan iboratligi haqida so‘z yuritib, bunday dedi:
«Islom nuqtai nazari insonlar ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqarish va shundan kelib chiqqan holda ular yashayotgan atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Islom manfaatga tayanmaydi va moddiy yutuqni o‘lchov qilmaydi. Balki, har bir musulmonning oliy g‘oyasi Alloh Subhanahu va Taoloni rozi qilishdir. Shuning uchun insoniyatni uning boshiga tushgan halokatdan, tuban fikrlashdan, qadriyatlarni ro‘yobga chiqarishda ko‘ngilga tayanishdan qutqarishga faqat Islom tuzumi kafildir. Chunki bu tuzumda eng birinchi vazifa insonlar ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqarishdir. Shu bois, insonlar o‘z turmushlari va ekologiyalarini o‘z-o‘zidan muhofaza etajaklar».
Roya gazetasining 2020 yil 11 mart chorshanba kungi 277-sonidan