Qirg‘iziston hukumati karantinga qaramay mahalliy keneshga deputat saylovlarini o‘tkazmoqchi

511
0

Qirg‘iziston hukumati karantinga qaramay mahalliy keneshga deputat saylovlarini o‘tkazmoqchi

Markaziy saylov komissiyasi 12-aprel kuni Qirg‘izistonning besh shahrida mahalliy deputatlar saylovi o‘tkazilishi haqida xabar tarqatdi. Saylovlar Toqmoq, Mayluu-suu, Qorakol, O‘sh va Baliqchi shaharlarida shuningdek 25 qishloq kengashida o‘tkaziladi.

Qirg‘iz hukumati – o‘zlari joriy qilgan karantinni hech qanday e’tiborga olmay, saylov o‘tkaziladi deb qat’iyatlik bilan ish choralarini davom ettirayapti. Masjidlar yopildi! Juma namozi ta’qiqlandi! Ramazon oyi yaqinlashib kelyapti, Qur’on xatmlari va taroveh namozi, balki, hayit namozi ham ta’qiqlanadi! “Bu virus faqat musulmonlarni nishonga olganmi?” degan hayolga boradi odam. Un savdosi deyarli to‘xtatilib, go‘yoki atayin odamlarni vahimaga solishayotgandek tadbirsizlik bilan harakat olib borishyapti. Bozorlar berkitildi. Nega deputatlar saylovi to‘xtatilmaydi? — o‘tkaziladi!

Mo‘’min-musulmon birodarlar! Biz hukumat joriy qilgan karantin shartlariga itoat qilib, ibodatlarimizni to‘xtatdik. Lekin hukumatni ham umumiy shart-sharoitlarga rioya qilishga chaqirib muhosaba qilishimiz kerak. Ya’ni vaboga qarshi karantinga rozi bo‘lishda, shuningdek har birimiz hukumatga rioya qilishda faqat shar’iy hukm shunga buyurganligi uchun rozi bo‘ldik. Mo‘’min birovni haqqiga xiyonat qilmaydi, lekin o‘zining haqqiga ham xiyonat qilishlariga yo‘l bermaydi!

Saylovlar noshar’iy asosda bo‘lib – musulmonlar unga qatnashishlari joiz emas! Shunga qaramay unga qatnashayotgan fuqorolar biz bilan bir jamiyatda yashashadi. Ular biz bilan hamnafas va har biri virus tashuvchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz musulmonlar saylovga qatnashmaymiz deb xotirjam bo‘lishimiz durust bo‘lmaydi! Saylov va saylov oldi tadbirlarni ham to‘xtatilishini talab qilaylik.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.