NATO Turkiyaning NATOga qo‘shgan hissasini yuqori baholamoqda

0
523

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

NATO Turkiyaning NATOga qo‘shgan hissasini yuqori baholamoqda

Bu hissa Islom manfaatiga xizmat qiladimi yo Turkiya manfaatiga?!

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 2020 yil 18 fevral kuni Onado‘li axborot agentligiga Turkiyaning NATOga a’zo bo‘lganidan beri unga ulkan hissa qo‘shgani to‘g‘risida bayonot berdi. U jumladan bunday dedi: «Turkiya 68 yildan beri NATO oilasi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan a’zo bo‘lib kelmoqda hamda ushbu Alyansning Afg‘oniston, Kosova va Iroq kabi ko‘plab davlatlardagi missiya va operatsiyalariga eng ko‘p hissa qo‘shgan davlatlardan biri hisoblanadi. Turkiya Yaqin Sharqdagi tartibsizliklar, zo‘ravonliklar va beqarorlikdan eng ko‘p zarar ko‘rgan, «terroristik» xurujlarga eng ko‘p duchor bo‘lgan ittifoqchidir. Men Turkiyaning NATOga qo‘shilganining 68 yilligi munosabati bilan unga Alyansimizni doimiy va muhim tarzda qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Turkiyaning Alyans ichkarisidagi o‘zining kuchli a’zoligi va qimmatli rolini davom ettirishiga shubha yo‘q».

NATO 1949 yil 4 aprelda tashkil topgan bo‘lsa Turkiya unga 1952 yil 18 fevralda a’zo bo‘lgan. Vaholanki, bu Alyans kommunizmga va Sovet Ittifoqiga qarshi turish hamda dunyoda G‘arb qadriyatlari va manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sis etilgan edi. O‘z navbatida, Sovet Ittifoqi ham Varshava shartnomasini ta’sis etdi. Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng uning ittifoqi ham parchalandi. Alyansning tashkil topishiga omil bo‘lgan sababning yo‘qolgani uchun NATO ham o‘z-o‘zidan tarqalishi kerak edi. Biroq, AQSh uni davom ettirishga hammani majbur qildi. Maqsadi, Alyansga a’zo davlatlarni himoya qilishni niqob qilib, o‘zining jahon bo‘ylab mustamlakachiligini davom ettirish va ayni davlatlar ustidan, ayniqsa, Evropa G‘arbi ustidan o‘z hukmronligini saqlab qolish bo‘ldi. Zero, Evropa Amerika hukmronligidan qutulib, o‘ziga maxsus qudrat barpo qilishga harakat qilayotgan edi. Ushbu qudrat haqda Frantsiya prezidenti Makron bayonot berib, NATOni «o‘lim to‘shagida yotgan Alyans», deb atadi. Biroq mana shularga qaramay, Turkiya Amerikani qo‘llab-quvvatlash niyatida Alyansning saqlanib qolishiga qat’iy turibdi va unga bo‘lgan o‘z hissasini mustahkamlash uchun turk erlarida NATOga bazalar ochib beryapti.

Ular kommunizmga alьternativ dushman sifatida Islomni tanlashdi. AQShning sobiq Mudofaa vaziri Dik Cheyni 1992 yil Myunxen xalqaro xavfsizlik konferentsiyasida «NATOning endigi dushmani siyosiy Islomdir», dedi. U 2011 yil AQSh vitse-prezidenti bo‘lgach, Bush bilan birga musulmon yurtlariga qarshi salibchilik urushini boshladi va Afg‘oniston va Iroqni bosib oldi. Qolgan barcha musulmon yurtlarini ham bosib olishni maqsad qilib, yangi Katta Yaqin Sharq yo‘l xaritasini chizdi. Ammo Afg‘oniston bilan Iroq mujohidlari Amerikani tiyib qo‘yishga hamda uning o‘z orzusiga etishiga yoki biror g‘alabaga erishish niyatini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslikka muvaffaq bo‘ldilar. Ularning qo‘li bilan Amerikaning xalqaro pozitsiyasi larzaga keldi.

Haqiqatdan Turkiya NATO rivojiga katta hissa qo‘shdi. Masalan, NATOni unga ergashiladigan oldingi safdagi frontga aylantirdi va bu bilan Sovet Ittifoqining G‘arbiy Evropaga bosimini pasaytirilishiga hissa qo‘shdi. Oqibatda Sovet Ittifoqi o‘zining Kavkaz mintaqasidagi yigirma beshta harbiy bo‘linmasini, ya’ni, uch yuz ming nafar askarini Turkiyadagi NATOga qarshi joylashtirishga majbur bo‘ldi. Boshqacha aytganda, Sharqiy va Markaziy Evropadan burilib, Turkiyadagi G‘arbga qarshi turdi, natijada, evropaliklarning xavfsizlik xarajatlari ozayib, obod turmush, farovonlik va xavfsizlikdan bahramand bo‘lishdi.

Turkiya 1950-1953 yilgi Koreya urushida ishtirok etib, NATO bayrog‘i ostida o‘zining 15 ming askari bilan AQSh foydasiga xizmat qildi. Bu urushda AQSh o‘zi yorib kirishga ojizlik qilgan mintaqalarga turk askarlarini kiritdi, oqibatda hitoyliklarga qarshi olib borilgan «Konneri» jangida nobud bo‘lganlarning 60 %ini turk askarlari tashkil qildi. Turkiya esa, hech qanday foyda ko‘rmadi, foydani AQSh ko‘rib, Janubiy Koreyaga hukmron bo‘lib oldi.

Turkiya NATOning Bosniya va Gertsegovinadagi «Ayfor» kuchlari bilan «Safor» kuchlariga, Kosovodagi «Kafor» kuchlariga, Xalqaro Xavfsizlikning Afg‘onistondagi «Isaf» kuchlariga, Janubiy-Sharqiy brigadasiga, Iroqdagi mashqlar missiyasiga, O‘rta Er dengizi, Egey dengizi, Qora dengiz va NATOning Afrika muguzidagi harbiy dengiz kuchlariga hamda Boltiqbo‘yi mintaqasidagi havo razvedka operatsiyalariga salmoqli hissa qo‘shdi.

2002 yil Pragada bo‘lib o‘tgan NATO sammiti qarorlariga muvofiq, Turkiyada 2005 yilda «TMMM» (Terrorizmga qarshi Kurash bo‘yicha Oliy Markaz) tuzildi. Bu markazda NATOga a’zo sakkiz davlatning ofitserlari faoliyat olib borib, NATOga a’zo davlatlarga hisobot va tadqiqotlar taqdim etishadi. «Terroristlar resurslarini quritish», «Terroristlarga qarshi kurash», «Terrorizm bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi umumiy munosabatlar», «Mafkuraviy terrorizm asoslarini o‘rganish» ana shu hisobot va tadqiqotlar jumlasidandir. Bularning barchasi Islom va musulmonlarga qarshi kurashdan boshqa narsa emas.

G‘arb Sharqdan chiqib ketishni G‘arbning hayot tarziga tahdid soladi, deb hisoblaydi, Turkiya esa, millionlab migrantlar to‘lqinidan G‘arbni himoya qiladi va bu ishidan g‘ururlanadi.

Arab davlatlarida qo‘zg‘olon alanga olganda NATO unga qarshi tayyorgarlik ko‘rib, «Patriot» havo mudofaasi tizimini o‘rnatdi. AQSh, Germaniya va Gollandiya davlatlari yaratgan bu tizimni NATO 2012 yil Turkiyaning Suriyaga chegaradosh eriga joylashtirdi. Shuningdek, NATOning Chikago sammitidan so‘ng 2012 yil Turkiyaning Malatya viloyatidagi Qarajik posyolkasiga raketalarga qarshi mudofaa kompleksi qurildi.

Hozirda Turkiyada AQSh va NATOning 15ta harbiy bazasi bor. Ularning eng kattasi Injirlik shahrida joylashtirilgan bo‘lib, bu bazadan Amerika o‘z ittifoqchilari bilan birga Afg‘oniston va Iroqqa qarshi iflos urushida foydalanib kelmoqda. 2015 yilda Erdogan Amerikaning Injirlik bazasidan «terrorizm»ga qarshi kurash niqobi ostida Suriya qo‘zg‘oloniga qarshi foydalanishiga ruxsat berdi.

Shularning barchasiga qaramay, G‘arb Turkiya manfaatlariga qarshi turadi. Masalan, 1963 yil Kipr Rumlari turklarga hujum qilganda Turkiya turklarni himoya qilish uchun Kiprga kirgan. Ana shunda 1964 yil AQSh prezidenti Lindon Jonson Turkiyaning Britaniya siyosati bo‘yicha yuruvchi bosh vaziri Ismet Inyonyuga maktub yozib, bunday deydi: «Bu ishga Sovet Ittifoqi aralashgan taqdirda, AQSh va boshqa NATO davlatlari hargiz Beshinchi moddada ko‘zda tutilgan qo‘shma mudofaa printsipi bo‘yicha ishlamaydilar». Shuningdek, Ejevit va Erbakanlar rahbarligidagi Turkiya 1974 yil inglizlar buyrug‘i bilan Kiprga kiradi. Chunki u erda amerikaparast Yunon Milliy Harakati inqilob qilgan edi. O‘shanda Amerika 1975-1978 yillarda Turkiyaga qurol sotilishini taqiqlovchi sanktsiya joriy qiladi.

Yaqinda Suriyada Turkiya bilan Rossiya o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqish ehtimoli aytildi. Shunda NATO davlatlari Beshinchi moddani faollashtirishni xohlamasliklarini bildirishdi. Bu modda NATOga a’zo davlatlarni mudofaa qilishni o‘z ichiga olgan.

Turkiya amerikalik ruhoniy josusni ushlab olganda Amerika unga sanktsiya joriy qildi va 2018 yil 11 avgustda Erdogan Nьyu-York Tayms gazetasiga maqola yozib, mana bunday degan: «Amerika qanday qilib bizga sanktsiya qo‘llayapti, axir, AQSh bilan Turkiya NATOda oltmish yildan beri sherik bo‘lib kelayotgan bo‘lsalar… Ikki davlat sovuq urush va undan keyingi davrlarda mashaqqatlarga sheriklik qilayotgan bo‘lsalar?! Yillar bo‘yi har doim Turkiya Amerikaga yordamga chopib keldi. O‘zaro kuchlarimiz Koreyada jang qildi. Turk kuchlari 1962 yilda Kubada raketalar inqirozida Amerikaga yordam qo‘lini cho‘zdi. Turk kuchlari NATO missiyasi muvaffaqiyati uchun Afg‘onistonga yuborildi. IShID tashkiloti NATO hududiga etib bormasligi uchun turk kuchlari Suriyada ikki yirik operatsiya olib bordi».

Shunday qilib, demak, Turkiya AQSh va G‘arbning mustamlakachilik manfaatiga xizmat qilayotgan davlatlarning eng peshqadamidir, holbuki, ular har doim Turkiya manfaatlariga qarshi turishdi, G‘arbdan eng ko‘p zarar ko‘ruvchi Turkiya bo‘lib qoldi. Oqibatda Turkiya na o‘zi foyda ko‘rdi, na Islomga foyda keltirdi. Aksincha, u NATOga hissa qo‘shish orqali Islom va uning ahliga zarar keltirdi. Uning bugungi kundagi rahbari Erdogan Turkiyaning AQSh va G‘arbga xizmat ko‘rsatayotgani bilan faxrlanib yotibdi. Alloh Subhanahu kofirlar bilan ittifoq tuzganlarni kofirlar, zolimlar va dillarida maraz bo‘lgan munofiqlar bilan barobarligini, musulmonlikni iddao qilsa ham, o‘rtalarida farq yo‘qligini aytib, bunday degan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاء بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ‏

«Ey mo‘minlar, yahudiylar va nasroniylarni do‘st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas» [Moida 51]

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Izohlar yo'q