Tahriri Shom o‘z kuchlarini haq so‘zni aytuvchilarga yordam berishga safarbar qilish o‘rniga shayton rejimga yordam berishga safarbar qilmoqda!!

0
713

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tahriri Shom o‘z kuchlarini haq so‘zni aytuvchilarga yordam berishga safarbar qilish o‘rniga shayton rejimga yordam berishga safarbar qilmoqda!!

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhobning aytishicha, 18 fevral kuni Tahriri Shom hay’ati Hizb ut-Tahrir a’zolaridan biri, shayx Mohir Voliy (Abu Fozil)ni o‘zining qishlog‘iga qaytayotganda qamoqqa olgan. Matbuot raisi o‘zining Telegramdagi saytida nashr qilgan bayonotida bunday deydi:

«Tahriri Shom hay’ati, shundoq ham bu mintaqa Asadning yovuz askarlari hujumlari ostida qolayotganidan atayin ko‘z yumib, Hizb yigitlaridan va haq so‘zni aytayotgan har bir kishidan qasddan o‘ch olishni hamon davom ettirmoqda… U na Allohdan hayo qilyapti, na bandasidan. Biz bu hay’atni o‘z kuchlarini Shom shaytoniga qarshi safarbar qilish o‘rniga, haq so‘zni aytayotgan yigitlarni qamoqqa olishga yuborayotganiga guvoh bo‘lyapmiz». Ustoz quyidagilarga diqqatni qaratdi:

«Hizb a’zosi Mohir Voliy Kabina rayonidagi janglarda qonxo‘r rus samolyotlari tomonidan qilingan hujum oqibatida qattiq yaralanib, doimiy nogiron bo‘lib qolgan edi. Ammo Tahriri Shom uning nogironligini ham e’tiborga olmadi. Ta’kidlash joizki, bu hay’at qamoqlarida etti oydan buyon hamon Hizb ut-Tahrirning ko‘p yigitlari saqlanmoqda». Ustoz Abdulvahhob bayonotni quyidagi savollar bilan yakunladi:

«Tahriri Shom hay’ati xavfsizlik kuchlari qachongacha repressiya, beboshlik va adovat bilan shug‘ullanadi, nahotki, oralarida bunday masxarabozlikka chek qo‘yadigan aqli raso inson topilmasa?! Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«بَابَانِ مُعَجَّلانِ عُقُوبَتُهُما فِي الدُّنْيا: البَغْيُ والعُقُوقُ»

«Ikki gunoh borki, ularning jazosi oxiratga qoldirilmaydi: zulm-beboshlik va ota-onaga oq bo‘lish».

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Izohlar yo'q