Janindagi repressiyaga qaramay, Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Tramp kelishuviga qarshi norozilik namoyishi uyushtirdi

0
352

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Janindagi repressiyaga qaramay, Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Tramp kelishuviga qarshi norozilik namoyishi uyushtirdi

Hizb ut-Tahrir – Falastin zamini 2020 yil 15 fevral shanba kuni Ramalloh va Janin shaharlarida Tramp kelishuviga va barcha mustamlakachilik echimlariga qarshi namoyish uyushtirdi.

«Tramp kelishuvi Xalifalik va uning armiyasi oyoqlari ostida ezilib-yo‘q bo‘lajak» nomli ushbu namoyishda Hizbning minglab tarafdorlari Ramallohdagi Manora va Janin markaziga to‘plandilar. Qo‘llarida roya va livolarni hamda Xavfsizlik Kengashi va ikki davlat echimiga oid Tramp kelishuvini qoralovchi shiorlarni ko‘tarib chiqqan namoyishchilar musulmon yurtlar armiyalariga hayqirib, Falastinni ozod etish va yahudiy vujudini yo‘q qilish sari zudlik bilan harakatga kelish zarurligi to‘g‘risida nutq so‘zladilar.

Janinda nutq so‘zlanishi ortidan shahar xavfsizlik xizmati namoyishchilarni bostirish uchun ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llashdek jirkanch harakat sodir etdi. Bunday harakatga qo‘l urganlar, bosqinchi yahudiylarga xizmat qilishdan o‘zga narsani bilmaydiganlardir. Vaholanki, musulmon yurtlari armiyalaridan yordam talab qilinayotgani bosqinchi yahudiylar halovatini buzmoqda. Chunki bu armiyalar ularning vujudini yo‘q qilishi muqarrar. Namoyishchilarga nisbatan bunday vahshiy xatti-harakat Falastin rejimi bilan uning xavfsizlik xizmati basharasini yana bir bor fosh etdi. Zotan, Falastin ahliga dushmanlik qilib, ularning dushmani tomonda turuvchi Falastin xavfsizlik xizmati amerikalik general Dayton qo‘lida tarbiya topgan.

Ikkala shahardagi namoyishlarda so‘zlangan nutqlarda Falastinning musulmonlar zamini ekanligi, Tramp kelishuvi ham, boshqa barcha sharmandalik va xiyonat bitimlari ham Alloh yo‘lida jihod qiluvchi mo‘minlar oyoqlari ostida ezilib yo‘q bo‘lib ketajagi, Falastin Alloh barakotli qilgan zamin bo‘lib, tuproqlari Ummat tarixidagi minglab shahidlar qoni bilan poklanganligi, uni anavi xoin va jinoyatkorlar qo‘llari hargiz bulg‘ay olmasligi ta’kidlandi. Nutqlarda quyidagilar bayon qilindi:

«Tramp kelishuvi mustamlakachilarning navbatdagi qaroridan hamda varaqqa yozilgan siyohdan boshqa narsa emas. U avvalgi qarorlaridan mutlaqo farq qilmaydi. Tramp kelishuvi Falastin ahli uchun na yangilik bo‘ldi, na kutilmagan voqea. Ular buni Oslo, Kemp-Devid va Vodiy-Araba kabi shartnomalardan farq qilmaydi, deb hisoblaydilar. Falastin ahli Hayfo, Akka, Quddus va Xalildan voz kechish hamda bir parcha karton davlatcha soyasida yahudiy bosqinchilar bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘lish o‘rtasida farq yo‘q, deb biladilar». Nutqlarda Ummat ulamolariga va armiyalariga murojaat qilinib, ularni zimmalaridagi burchni ado etishga chaqirildi. Iordaniya, Misr, Pokiston, Jazoir, Indoneziya va musulmon yurtlaridagi boshqa barcha armiyalar Falastinni ozod etish va Quddusi Sharifni poklashga da’vat qilindi.

Shuningdek, tashkilotlar va guruhlarga qarata «Amerika, Rossiya, Britaniya, Frantsiya va yahudiylar bir-birlariga do‘st bo‘lib, Islom va uning Ummati dushmanidirlar, sizlar islomiy yurtlar hukmdorlarining Falastinga xiyonat qilishganini anglab eting va Allohning mustahkam arqonini mahkam tutib, barcha Islom dushmanlaridan voz keching!», deya murojaat qilindi.

Hizb ut-Tahrir bu zolim hukmdorlarni yiqitib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga musulmonlarni da’vat qildi hamda ushbu Xalifalikkina Tramp kelishuvi va barcha mustamlakachilik echimlariga yakun yasashga qodirligini ta’kidladi. Falastin ahlini Nabiy ﷺning Isro maskanini mahkam ushlashga hamda bir safda turib, Tramp kelishuvidan tortib ikki davlat yoki bitta davlat echimiga qadar bosqichni yahudiylar «davlati»ga qonuniylik beruvchi barcha loyihalarni rad qilishga chaqirdi.

Roya gazetasining 2020 yil 19 fevral chorshanba kungi 274-sonidan

Izohlar yo'q