Jeenbekov: Qirg‘iziston lotin yozuviga o‘tmaydi

514
0

Jeenbekov: Qirg‘iziston lotin yozuviga o‘tmaydi

 Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov TASS axborot agentligiga bergan intervьyusida Rossiya bilan munosabatlari, mamlakatda rus tilining holati va boshqa masalalarda o‘z fikrini bildirdi.

 “Qirg‘iziston Konstitutsiyasida rus tili rasmiy til sifatida belgilangan. Uning maqomi shunday qoladi va o‘zgarmaydi”, – dedi prezident.

 TASS jurnalistining: “Ba’zi qo‘shni davlatlar kirilldan lotin yozuviga o‘tishdi yoki o‘tishmoqda. Qirg‘izistonda ham bu masala kun tartibidami?”,  degan savoliga Sooronbay Jeenbekov:

 “Bilishimcha, bu masala bizda mustaqillikning ilk yillarida ko‘tarilgan. O‘shandayoq biz lotinga o‘tmay to‘g‘ri ish qilganmiz. Hozir lotinga o‘tishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Respublikamiz erishgan fan va madaniyat sohasidagi yutuqlar kirill yozuvi orqali xalqimizga tarqab bo‘ldi”, -deb javob berdi.

Izoh: Qirg‘iziston sobiq Sovetlar ittifoqi mustamlakalari ichida Rossiyaning saqofiy ta’siri ostidagi davlatlarning oldingi safida turadi. Lekin qirg‘iz hukumati Rossiyaning saqofiy mustamlakasidan xalos bo‘lish yo‘lida biror qadam ham tashlamadi.

 Qirg‘izistonda lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha tashabbusi “mustaqillik”ka erishgan yillardan beri paydar-pay ko‘tarilib kelinadi. Chunki, alifbo mustamlakachi davlat saqofatining yoyishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, sotsialistik tuzum kelgach Markaziy Osiyo musulmonlar ming yildan oshiq vaqt mobaynida foydalanib kelgan arab alifbosini bekor qilib, o‘z saqofatini kirill alifbosi orqali yoyishni boshladi. Bu orqali bosqinchi rus hukumati “bir o‘q bilan ikki quyonni ovladi”. Birinchidan arab alifbosini bekor qilish orqali mintaqa musulmonlar ming yillar davomida o‘rganib, o‘zlashtirib kelgan Islom saqofati, Islom tarixidan uzib tashlagan bo‘lsa, ikkinchidan, mahalliy aholi orasida “savodsizlikni” tugatish bahonasi bilan xudosiz kommunistik mafkurani targ‘ib qildi.

 Bugungi kunda kapitalistik tuzum vakillari bo‘lgan G‘arb davlatlari lotin alfibosidan foydalanishadi. Shu sababli, ular uchun har bir mamlakat mazkur alifbodan foydalanishi ahamiyatli. Ular bu maqsadlariga etish uchun “turkiyzabon xalqlar birligi”ni bahona qilishadi. Shuningdek, ta’lim sohasiga grantlar ajratish orqali o‘z ta’sirini kengaytirib boradi. Masalan, Evropa Ittifoqi Qirg‘iziston ta’lim sohasiga 37,5 million evro ajratishga qaror qildi. Tabiiyki, ajratilgan bu mablag‘ bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodga g‘arbcha dunyoqarashni singdirish ham birga kirib keladi. Agar EIning bu maqsadi amalga oshadigan bo‘lsa yaqin kelajakda Evropacha qadriyatlar, jumladan “bir jinsli nikoh” oddiy hol bo‘lib qoladi.

 AQSh va G‘arb davlatlari qo‘llagan sanktsiyalar va Putinning mustabid siyosati natijasida Rossiya jarlik tomon qulab boryapti. U o‘zi bilan barcha saqofiy, harbiy, siyosiy va iqtisodiy mustamlakalarini qo‘shib tortib ketishi mumkin. Mustamlakaning bu to‘rtala turi ham, avval saqofiy mustamlaka o‘rnatish ortidan kirib boradi. Shuningdek, bu mustamlakalarning barchasidan qutulishda ham, mustamlakachining saqofiy ta’siri ostidan chiqib olish asosiy va muhim o‘rinni egallaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.