Tojikiston Eron bilan aviaqatnovlarni bekor qildi

0
575

Tojikiston Eron bilan aviaqatnovlarni bekor qildi

Eronda koronavirusga chalinganlar va bu virus oqibatida o‘lganlar soni oshib boraëtgan bir vaziyatda¸ Tojikiston hukumati Eron bilan aviaqatnovlarni 24 fevraldan boshlab to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Bu qaror arafasida Tojikiston Eron bilan quruqlik chegaralarini to‘liq ëpishga qaror qildi.

Erondagi yarim rasmiy ILNA agentligi¸ 24 fevralga kelib koronavirus epidemiyasi markaziga aylangan Qum shahrida 50 odamning virus oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqatdi. Bu xabarni inkor qilgan Sog‘liq saqlash vaziri virusga chalinganlar sonining 61 ta¸ o‘lganlarning esa¸ 12 ta ekanini bildirdi.

Afg‘oniston va Forc ko‘rfazidagi qator davlatlar yaqinda Erondan qaytgan o‘z fuqarolarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan mintaqa davlatlari Eron bilan chegaralarini ëpib¸ havo va quruqlik orqali bordi-keldini noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ydi.

Tahlil: Koronavirus muammosi va yirik davlatlar orasida manfaat talashish xalqaro raqobat quroliga aylanib, xalqaro siyosiy tus olib boryapti.

24 – fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy safar bilan Hindistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif haqida “Ozodlik radiosi” “Ikkala davlat rasmiylari¸ hamkorlikning¸ ayniqsa¸ Xitoy iqtisodiy ekspansiyasi (boshqa yurtga nisbatan hududiy, geografik yoki boshqa kengayishi) kengayish fonida o‘zaro manfaatli ekaniga alohida e’tibor qaratmoqdalar¸ deb xabar qildi o‘z manbalariga tayangan Reuters” deya xabar tarqatdi.

Xitoy koronavirus karantini tufayli dunyo bozorlaridagi bir qator pozitsiyalarini boy berishi kutilyapti. Uni bu holga (virus tarqash ortidan karantin holatiga) solgan favqulotda vaziyatmi yoki xalqaro siyosatdagi giosiyosiy o‘yinlarmi, bundan qat’iy nazar hozirgi Xitoyning holati nochor ahvolga tushib boryapti. Bu esa olamda o‘ziga xos iqtisodiy bo‘shliqlar paydo qilishi mumkin bo‘lgan holatdir. AQSh bu bo‘shliqni Hindiston bilan to‘ldirishi mumkinligiga ishora qilmoqda.

AQSh Xitoyga qarshi olib borayotgan olamiy matbuot kurashi butun dunyoni vahimaga sola oldi. AQSh Xitoydagi virusni vabo darajasiga ko‘tarish bilan Xitoyning olamda bosqinchilik maqsadidagi investitsiya yurishiga barham berishni, hech bo‘lmasa uning shu iqtisodiy bosqinchiligini vaqtincha bo‘lsa ham bartaraf etishni maqsad qiladi. Xitoyning vaqtinchalik falaj holatidan foydalanib olam investorlarini Hindistonga burish, shuningdek olamdagi ochilib borishi kutilayotgan iqtisodiy bo‘shliqlarni Hindiston singari arzon ishchi kuchlari mavjud mamlakat bilan to‘ldirmoqchi bo‘ladi.

Eron kabi AQSh uchun noqulay yoki vaqtincha muammo paydo qilayotgan mamlakatlarni ham, xuddi Xitoyning holiga solishi mumkinligi bilan ularga ham tahdid qiladi. Chunki kapitalistlarda “matbuot kimning qo‘lida bo‘lsa olam uning qo‘lida” degan shior bor. Koronavirusga qarshi kurash insoniyat sog‘ligini himoya qilish asosiga qurilishi kerak edi. Xalqaro siyosat esa uni iqtisodiy va siyosiy manfaat talashish quroliga aylantirib boryapti. Bu maqsad esa, xalqaro quvvatli matbuot mashinasi vositasi bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Olamiy matbuot insoniyatga vahima sola oldi. Ba’zilar karantindagi o‘z fuqorolarini ham qabul qilishdan bosh tortib, Ukrainadagi singari to‘palonlar uyushtirishyapti. Ular Xitoy fuqorolarini ham, o‘z yurtlariga kirgizishga qarshilik qilishlari tabiiy hol. Xitoy o‘ziga tobe olamda kengayib borayotgan investitsiya va qo‘shma korxonalarini boshqarishda muammolarga duch kela boshlaydi. Chunki u mamlakatlar fuqorolari xoin hokimlariga qarshi ko‘tarilib, ulardan Xitoy korxonalari va fuqorolarini chiqarib yuborshni talab qilishlar ko‘payadi.

Eron va unga o‘xshagan boshqa yirik davlatlarga yoqmay qolgan xalqaro siyosatda zayif va mustamlaka davlatlar, hamisha matbuot kurashi ortidan jabr tortib kelishadi. Chunki ular ergashib borayotgan xalqaro siyosat kufr aqidasi asosiga qurilgan bo‘lib, xalqaro siyosatda olamiy etakchilikni o‘z ixtiyorlari bilan Islom ummati yashagan mamlakatlarga topshirib qo‘ymaydi. Aksincha har bir imkoniyatdan foydalanib bizning yurtlarimizni tahqirlashga, har bir illatda bizni ayblash bilan haddimizni tubanlashtirishga urinishadi. Ommaviy qirg‘in viruslari ham, antiviruslari ham ularning qo‘llarida ekanidan, xohlagan vaqtlarida bizni olamdan izolyatsiya qilishlari ham mumkin.

Vaboga qarshi kurashni islomiy hadlarga bog‘lamas ekanmiz, ular bizni boshimizga tushgan balolardan ham o‘z moddiy manfaatlari yo‘lida bizni dovdiratib yuraverishadi! Vaholangki Xalifalik davlati ostidagi hududlarda ham vabo kasali tarqagan. Unga nisbatan shar’iy hukmga rioya qilish bilan musulmonlar Allohning nusratiga etishgan va kasallik ortga chekingan. Aqidaga aqlan iymon keltirgan musulmonlar faqat Allohga tavakkul qilishgan. Trampga yoki kufr olamiga emas! Boshimizga tushayotgan yoki kufr olami atayin solayotgan kulfatlardan faqat Allohga qaytish bilan qutila olamiz birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Izohlar yo'q