Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi tezkor reja e’lon qilindi

0
1283

Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi tezkor reja e’lon qilindi

 Qirg‘iziston hukumati oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha shoshilinch rejasini e’lon qildi. Rejaga kiritilgan barcha ishlar joriy yilda amalga oshiriladi.

Rejada birinchi navbatda qonunchilik bazasini tashkil etish nazarda tutilgan. Bundan tashqari aholi orasida tushintirish ishlari olib boriladi, zo‘ravonlik qayd etilgan oilalar aniqlanib, jabrlanganlarga yordam beriladi.

 Zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan alohida ish olib boriladi.

 Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 2019 yili Qirg‘izistonda 6145 oilaviy zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan. Ulardan  5752 ayol, 393 erkak va 168 balog‘at yoshiga etmagan bolaga qo‘riqlash orderi berilgan.

 Izoh: 2019-yil avgust oyida Qirg‘izistonga kelgan BMTning Qirg‘iziston ayollari bo‘yicha vakili Ulziysuren Jamsran va Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Ulug‘bek Qo‘chqorov va gender sohasida kelajakda hamkorlik qilish haqida fikr almashishdi.

 Muloqot jarayonida Ulziysuren Jamsran genderlik siyosatining rivojlanib borishida bir necha yo‘nalishlarni bayon qildi, shuningdek demografiya va aholi xavfsizligi masalasini hukumat muhokamasi darajasiga chiqarishni maslahat berdi.

Qo‘chqorov, davlatning ijtimoiy buyurtmasiga binoan  inqiroz markazlari ta’sis etilgan bo‘lib, bu markaz zulm va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab quvvatlash bilan shug‘ullanishini ta’kidlab o‘tgan edi.

 2020-yil 20-yanvar kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevada bo‘lib o‘tgan inson huquqlari bo‘yicha sessiyasida ishtirok etgan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nurlan Niyazaliev boshchiligidagi delegatsiya vakillari hisobot bergan edi.

 Delegatsiya a’zosi Janil Alibaevaning hisobotda qayd etishicha, mamlakatda oilaviy zo‘rovonlikni oldini olish bo‘yicha 27 qo‘mita ochilgan, bunday qo‘mitalarni har bir qishloqda ochish rejalashtirilmoqda. Mamlakat bo‘yicha 14 inqiroz markazi ochilgan, joriy yilda qo‘shimcha yana ikkita davlat inqiroz markazi ochiladi.

 Ayollarga sotiladigan tovar, lazzat manbai sifatida qaraydigan demorkatiya (kapitalizm) tuzumida ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qancha ko‘p qonun va qaror qbul qilinmasin, turli chora va tadbirlar ishlab chiqilmasin bular hech qanday natija bermaydi. Chunki, bu tuzum ayol kishidan imkon qadar ko‘proq foyda topishni ko‘zlaydi. Bu tuzum ayollarni erkaklar bilan teng huquqli qilaman degan iddao bilan tabiatan zaif bo‘lgan ayol zimmasiga erkaklar bilan barobar majburiyatlar yukladi. Ayollarni erkaklardan mustaqil va behojat qilish bahonasida (gender tenglik) ayollarni o‘rni bo‘lmagan sohalarga ham jalb qildi…

 Islom esa ayol kishiga saqlanishi vojib bo‘lgan nomus va uy bekasi sifatida qarab, uni zarurat bo‘lmagan hollarda erkaklar bilan aralashini man qildi. Ayolni o‘zini ayol sifatida his qilishi ta’minlab berdi. Faqat Islom hukmlarini mukammal tatbiq qiladigan Xalifalik davlatigina bugungi buzuq tuzum mevasi bo‘lgan oilaviy zo‘ravonlik, jinsiy tajovuz kabi illatlarga barham berib, ayollar huquqi Alloh belgilab qo‘yganidek himoya qilinishini ta’minlaydi.

 Abdurahmon Odilov

Izohlar yo'q