Aqsoni himoya qilayotgan xalq sizning hamdardligingizga emas, armiyangizga muhtoj

0
562

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Aqsoni himoya qilayotgan xalq sizning hamdardligingizga emas, armiyangizga muhtoj

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Aqso masjidi nopok yahudiylar zulmidan ingrayotgan bir paytda, «Asoning Quddus shahridagi himoyachilariga hamdardlik sifatida, hamma o‘z markaziy jome masjidlarida bomdod namoziga yig‘ilsin», degan mazmunda da’vatlar dunyo bo‘ylab tarqaldi. Turkiyada falastinlik xalqqa hamdard ekanini da’vo qiluvchi ayrim jamiyatlar va bir necha muassasalar juma kuni Istanbuldagi Fotih jomeiga Quddus ahliga yordam sifatida, umid bomdodi, deb atalgan tongi namozda ishtirok etishga chaqirdi. Kuvaytdagi Va’dul Maqdisiy guruhi ham Aqso masjididan boshlangan «Buyuk Bomdod» chaqirig‘ini qabul qilishga chaqirdi. Shuningdek, Indoneziya poytaxti Jakartadagi markaziy masjidlarda ham ayni maqsadda bomdod namoziga da’vat qilindi.

Xo‘sh, Aqsoni bosqinchi yahudiylardan qutqarishning shar’iy yo‘li namoz o‘qish va duo qilishdan iboratmi?! Shunday amallar, Aqso himoyachilariga yordam berishga haqiqatda olib boradimi, Quddusni ozod etadimi?!

Ushbu savollarga javob berishdan oldin, avvalo Quddusi Sharif va Aqso masjidining Islomda qay o‘rin tutishi haqida so‘z yuritsak. Aqso masjidi musulmonlarning ilk qiblasi, shuningdek, Nabiy ﷺning Isro maskanidir. Bu haqda Haq Subhanahu va Taolo bunday marhamat qilgan:

سُبْحَانَ الَّذِي أَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ إِلَى الْمَسْجِدِ الْأَقْصَى الَّذِي بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ آيَاتِنَا إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ

«(Alloh) bir kecha, O‘z bandasi (Muhammad)ni – unga oyat-mo‘’jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidul-haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir» [Isro 1]

Aqsoning Islomdagi aynan mana shu o‘rnidan kelib chiqib, Xalifalik zamonida musulmonlar Quddusni fath etishga va Aqso masjidini nasroniylardan tozalashga qaror qilganlar. Bu hikoya hammaga yaxshi ma’lum. Buni amalga oshirishga musulmonlar xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning davrida, hijratning o‘n beshinchi yilida qodir bo‘ldilar va Aqso bilan uning chor atrofi hamda Shom yurtlari musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Keyin hijriy 492 yil, milodiy 1099 yilga kelib, salibchilar Islomga qarshi salibchilik yurishini boshlashdi va u erlarni bosib olib, minglab musulmonni qirib tashlashdi, buzg‘unchilik qilishdi. Lekin musulmonlar taslim bo‘lmadilar. Aksincha, Quddusi Sharif va uning masjidini dushmandan qaytarib olish va Islom bag‘riga qaytarish uchun tayyorgarlik ko‘rdilar. Ular bilan salibchilar o‘rtasida shiddatli urush davom etdi… Va nihoyat, hijriy 583 yil 27 rajab, milodiy 1187 yil 2 oktyabrda sarkarda Salohiddin Ayyubiy rohimahulloh Quddusni ozod etishga muyassar bo‘ldi. Quddus shu zayl qariyb to‘qson bir yil musulmonlar saltanatidan tashqarida bo‘ldi. Keyin Islom bag‘riga yana qaytdi.

Usmoniylar davlati zaiflashgan davrda yahudiylar usmoniy xalifa Abdulhamid ikkinchini avrashga ko‘p marta urinishdi. Ushbu muqaddas zaminda vatan topishlariga ruxsat berishi evaziga unga mol taklif qilishdi. O‘sha vaqtda davlat molga juda-juda muhtoj edi. Biroq er kishilar muqaddas zaminlarini molga sotmaydilar. O‘shanda yahudiylarga Abdulhamid o‘zining mashhur javobini qilgan edi: «Falastinni Ummat tanidan ajratib olinganini ko‘rganimdan ko‘ra, tanimga bigiz sanchilgani yaxshiroqdir. Chunki bu zamin mening shaxsiy mulkim emas. Uni musulmonlar qonlari bilan sug‘organlar… Bas, yahudiylar bu millionlarini saqlab qo‘ysinlar. Bir kun kelib, Xalifalik davlati yiqilsa, ular Falastinni bekorga olishlari mumkin». Ha, Abdulhamid rohimahulloh haq gapirgandi. Xalifalik davlati qulatilganda Falastin bekorga ketdi. Bugungi kunda Quddus va Aqso masjidi yahudiylar hukmronligi ostida. Mana, o‘shanga etmish yildan ziyod vaqt bo‘ldi hamki, yahudiylar muqaddas zaminda hanuz buzg‘unchilik qilishyapti. Bu haqda Alloh Azza va Jalla shu yahudiylar tomonidan fasod kelishini xabar qilgan:

وَقَضَيْنَا إِلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ فِي الْكِتَابِ لَتُفْسِدُنَّ فِي الْأَرْضِ مَرَّتَيْنِ وَلَتَعْلُنَّ عُلُوّاً كَبِيراً

«Biz Banu Isroilga ushbu Kitobda – sizlar albatta (Shom) zaminida ikki marta buzg‘unchilik qilursizlar va katta tug‘yonga tushursizlar, deya xabar berdik» [Isro 4]

Ha, bu Allohning qonunidir. Qachon yahudiylar er yuzida buzg‘unchilik qilishsa, Alloh o‘zining xolis bandalarini ular ustidan g‘olib qiladi. Insha Alloh, yaqinda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik qo‘shini yahudiylarni mag‘lub etajak. Buni Alloh Subhanahuning

وَإِنْ عُدْتُمْ عُدْنَا

«Agar (yana buzg‘unchilikka) qaytsangizlar, biz ham (sizlarni halok etishga) qayturmiz» [Isro 8]

degan kalomi tasdiqlab turibdi. Mana, yahudiylar yana buzg‘unchilik va fasodga qaytib, musulmonlar erini, hatto muqaddas zaminini bosib olishdi. Ular Falastinning musulmon ahliga qasddan ozor etkazishlari ortidan, hatto dov-daraxtlar va tog‘u toshlar ham ularning zulmidan ozorlanmoqda.

Yuqoridagi ikki savolga qaytsak, musulmonlarning bosib olingan yurtlarini, ularning asosiy, buyuk va muqaddas zamini bo‘lmish Quddus bilan muborak Aqsoni ozod etishning shar’iy yo‘li duo qilib, namoz o‘qish emas. Qolaversa, Aqsoni ozod qilish uchun jiddiy harakat qilmay, faqat duo qilib, namoz o‘qishning o‘zi bilan hech qachon uni ozod etib bo‘lmasligini voqelik ham tasdiqlab turibdi. Hatto bunday qilish odamlarni falaj qilib, musulmonlarning hozirgi zamondagi eng asosiy masalalarini unuttirishga olib boradi. Vaholanki, Nabiy ﷺ bizga bu haqida ta’lim berib, uning Alloh Azza va Jallaning ushbu kalomida aytilganidek, nusrat tayyorgarlik ko‘rishsiz aslo kelmasligini ta’kidladilar:

وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ وَمِنْ رِبَاطِ الْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِ عَدُوَّ اللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَآخَرِينَ مِنْ دُونِهِمْ لَا تَعْلَمُونَهُمُ اللَّهُ يَعْلَمُهُمْ

«(Ey mo‘minlar), ular (dushmanlaringiz) uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qo‘yingizki, bu bilan Allohning va o‘zlaringizning dushmanlaringizni hamda ulardan tashqari sizlar bilmaydigan — Alloh biladigan boshqa birovlarni ham qo‘rquvga solursizlar, Alloh yo‘lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga zulm qilinmagan holda komil qilib qaytarilur» [Anfol 60]

Nabiy ﷺ Badr jangida askarlari juda nochor-zaif ahvolda qolganlarida ham, Quraysh adovatini qaytarish uchun namoz va duo bilangina cheklanmadilar, balki avval tayyorgarlik ko‘rib, so‘ng duo qildilar. Muattar nabaviy siyrat bizga Nabiy ﷺning qanday qilib avval armiya hozirlab, tartiblashtirganlarini va ularga qo‘mondonlar tayinlaganlarini, shundan keyingina qo‘llarini samoga ko‘tarib, Robbilaridan yordam, madad va nusrat so‘raganlarini aytib turibdi.

Shunday ekan, yahudiylarga qarshi dunyo bo‘ylab bomdod namoziga chaqirayotganlar, bilib qo‘ysinlar, agar haqiqatdan ham Aqso himoyachilariga hamnafas bo‘lishda jiddiy bo‘lsalar, u holda, musulmon armiyalarni Aqsoni ozod etishga chaqirsinlar. Biroq, biz Alloh, Rosuli va Ummatga xiyonat qilgan hukmdorlarimizning bu armiyalarimizni oyoq-qo‘llaridan kishanlab qo‘yishganini bilamiz, buni bilish barobarida, Aqsoning o‘zini shaytonga sotgan malay xoin aslo ozod etmasligiga ham ishonchimiz komil. Shuningdek, bu muqaddas dargohni Ummat farzandlari ko‘ksiga qurolini tiragan va Islomga qarshi urushda kofir G‘arb loyihasini ushlagan kimsalarning ozod etmasliklarini ham tushunamiz.

Quddusni ham, Aqsoni ham, balki barcha ishg‘ol etilgan islomiy yurtlarni ham habibimiz Muhammad ﷺ

«… ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«… Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», deya bashorat qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik ozod etajakdir.

Ushbu Xalifalikni barpo etish bilan shunday er kishilari shug‘ullanmoqdalarki, ularni Allohni zikr etish va namozni barpo qilishdan na bir tijorat chalg‘ita oladi va na savdo-sotiq. Balki ular qalblar va ko‘zlar dahshatga tushadigan kundan qo‘rqadilar. Zora, Alloh ularning qo‘llari bilan nusrat berib, Xalifalik barpo bo‘lsa, ajab emas. Xalifalikki, u musulmonlarning armiyalarini birlashtirib, Buxoriy rivoyat qilgan Nabiy ﷺning ushbu bashoratlarining tasdiqi sifatida, Aqsoni ozod etajakdir.

«…تُقَاتِلُكُمُ اليَهُودُ فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ، ثُمَّ يَقُولُ الحَجَرُ يَا مُسْلِمُ هَذَا يَهُودِيٌّ وَرَائِي، فَاقْتُلْهُ»

«Sizlarga qarshi yahudiylar jang qilishadi, sizlar ulardan g‘olib kelasizlar. Keyin hatto tog‘u tosh ham – ey musulmon, mana ortimda yahudiy turibdi, kel uni o‘ldir, deydi».

Shuning uchun, Aqso himoyachilariga hamnafas bo‘lish uchun xalqaro kampaniya boshlagan ey qadrli birodarlar, Aqsoga yo‘l Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etishga harakat qilayotganlar bilan barobar harakat qilmoqdan iborat. Ana shundagina Aqso ozod bo‘ladi. Buning yo‘li faqat mana shudir. Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, bundan o‘zga yo‘llar noto‘g‘ridir.

Roya gazetasidan olindi

Izohlar yo'q