Qo‘shni davlat OTMdan o‘qishini ko‘chiraëtgan o‘n minglab talaba 2-semestrda ko‘chada qolishi mumkin

0
457

Qo‘shni davlat OTMdan o‘qishini ko‘chiraëtgan o‘n minglab talaba 2-semestrda ko‘chada qolishi mumkin

O‘qishini Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi oliy o‘quv yurtlaridan O‘zbekistonga ko‘chirayotgan talabalarning hujjatlarini qabul qilayotgan Ishchi guruhlari mazkur talabalar o‘qishni qachon boshlashini bilmayapti.

Qaytmoqchi bo‘layotgan talabalar o‘qiyotgan davlatlarning rasmiylari va o‘quv yurtlarining rahbarlari o‘qishni o‘quv yili o‘rtasida ko‘chirib bo‘lmasligini aytmoqda. Ularning aytishicha, talabalarga reyting daftarchasidan ko‘chirmalar berilgani ularning talabalar safidan chiqarilganini anglatmaydi.

Vazirlik o‘z qarorini “talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadi” bilan izohlagan.

Tahlil: O‘zbekiston davlati yana – Karimov davridagi yopiq rejimga qaytmoqdami?… kabi savollar paydo bo‘lib boryapti. O‘zbekistonning xavotiriga bir-necha sabablar bor.

Birinchisi: O‘zbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi agressiv harakatlaridan xavotirga tushib boryapti. Xalqaro siyosatda bir necha etakchi davlatlarning o‘zaro siyosiy kelishmovchiliklari O‘rta Osiyoda jiddiy keskinliklar va to‘qnashuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu kunlarda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda strotegik ahamiyatga ega markazga aylandi. Qozog‘istonda uyushtirilgan milliy nizolar va uning oqibatidan ilhomlangan ijtimoiy tarmoqlardagi millatchi trollar Qirg‘izistonda ham vaziyatni milliy keskinlik tomon torta boshladi. Vaziyatga ko‘ra O‘zbek rejimi tashqi eshiklarini bir oz yopib turishga yoki ularni ochadigan islohotlarini to‘xtatib turishga qaror qildi. Tashqaridagi talabalar tashqi kuchlar uchun o‘ta qulay o‘lja bo‘lib, ular nomidan har qanday qabih ishlar amalga oshirishlari mumkin.

Ikkinchisi:  Qora-qolpog‘iston avtanom respublikasi xalqaro siyosatga nisbatan O‘zbekistonning zayif nuqtasi bo‘lib, hozirda u erga millatchilik fitna urug‘i sepib borilayapti. O‘zbek rejimi o‘zini saqlab qolish maqsadida olamiy ilmoniylik tomon asta sekinlik bilan qadam tashlab borayotgan bir paytda ichki keskinliklar uni portlatib yuborishi mumkin. U hozirda G‘arb olami oldida bir qator demokratik tamoyillarni qabul qilib, mamlakatga kapitalistik sistemaning asoslarini kiritib boryapti. Bu o‘tish davri o‘ta ehtiyotkorlik bilan olib borilayapti. Xalqni qullik rejimidan birdaniga erkin qo‘yib yuborish inqilobiy to‘palonlarga olib boradi. Shuning uchun O‘zbek davlati rejimni sekin asta qo‘yib yuborish loyihasiga ko‘ra ish olib borayapti. G‘arb olami uni bu loyihasida qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tashqi muxolif kuchlar bundan rozi emas. Ular inqilobiy o‘zgarishlar tarafdoridir. Shuning uchun tashqi kuchlar harakatga kelishga qaror qilishsa, ichkariga kirib faoliyat olib bora olishmaydi. Ular O‘zbek fuqorolarini tashqarida o‘z ta’sirlari ostiga torta olishlari mumkin. Jamiyatdagi eng kuchli quvvat talabalar bo‘lib, barcha tog‘utlar, diktatorlar aynan talabalar kuchi bilan uloqtirilgan. Shuning uchun O‘zbek rejimi vaziyatga ko‘ra o‘zining tashqi islohiy loyihasida bir qadam ortga tashladi. Agar vaziyat shunday davom etib, O‘zbekiston-Rossiya aloqalari keskinlashib boraversa u yana ortga bir necha qadam tashlab, hatto chegaralarini yopib olishi ham mumkin. 

Abdurazzoq Mo‘’min.

Izohlar yo'q