Jeenbekov: tashqi qarzlar uchun hech qanday er, qazilma boyliklar berilmaydi

437
0

Jeenbekov: tashqi qarzlar uchun hech qanday er, qazilma boyliklar berilmaydi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 6-fevralda Chuy oblastining Issiq-Ata rayonida fuqorolar bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida tashqi qarzlarni to‘lash haqida ma’lumot berdi.

“Shu vaqtgacha olingan qarzlarni to‘lashimiz kerak. Majburiyatlarimiz bor. Ularni hammasini to‘laymiz. Hech qanday er, qazilma boyliklari berilgani yo‘q va berilmaydi ham”, – dedi Jeenbekov.

Prezidentning malumotiga ko‘ra, kelgusi 10 yilda tashqi qarzlar yil sayin 23 milliard somdan  (335 million dollar) to‘lanadi.

Izoh: Prezident saylov oldidan fuqorolarni tinchlantirmoqchi. Lekin hokimiyatda hozirgacha mamlakatni rivojlantirish uchun biror jo‘yali islohiy reja mavjud emas. Tojikiston qarzi evaziga yuzminglagan gektar erlarini Xitoyga berib yubordi. Afrikada bir qator qoloq mamlakatlar infrastrukturalari, aeropot, port singari strotegik joylarini berishdi. Lekin mamlakatlar qarzi evaziga o‘z erlarini ijara shartnomasi asosida muayyan vaqtga shartnoma tuzib berishadi.

Jeenbekov, Xitoyga erlarimiz berilmaydi deganida, – ijaraga ham berilmaydi demoqchi emas. Chunki Tojikiston ham qarzi evaziga erni sotib yuborgani yo‘q, uni uzog‘i 99 yilga vaqtincha berdim deb hisoblaydi. Lekin 99 yilda kim qoladi. Demak bu muddat hozirgi xalqni chalg‘itish va mavjud vaziyatdan qutilish uchun o‘ylab topilgan hiyladir. Bunga bir vaqtlar “Alyaska” Rossiya tarafidan Amerikaga vaqtincha berilib, hozirgacha ortga qaytarilmagani misol bo‘la oladi. Falastin erlari yahudiylarga vaqtincha berilib, shu kunlarda falastinni mamlakatdan surib chiqarib borayotgani ham misol bo‘lishi mumkin! Qirg‘izistondagi Qum-tor oltin koni ham deyarli o‘zlashtirilib, yangi erlarga kengayib borayotgani, sotib olmasdan ham egalikni qo‘lga kiritish mumkin ekaniga yaqqol misol bo‘la oladi.

Prezident boshchiligida hukumat ilgari surayotgan va Norin rayoniga qurilishi kutilayotgan Xitoyning logistik markaziga berilayotgan erlar uchun ham, yuqoridagi qalbaki “ijaraga berish” sistemasi ishga oshirilishi kutilyapti.

Xalqaro siyosat bir davlat ikkinchi boshqa davlat erlarini bosib yoki tortib olishiga maratoriya joriy qilgan. Lekin yirik davlatlar zaif davlatlar erlarini ijaraga olib, turli yo‘llar bilan u erlarni qaytarib bermaslik yo‘llarini ham, qonuniylashtirib olishgan. Shuning uchun Qirg‘iziston Xitoyga qarzlarini albatta vaqtida qaytaradi. Lekin aynan er, kon, strotegik obektlar (GES, aeroport, temir yo‘li…)ni ijara berish orqali qo‘sh-qo‘llab topshiradi.

Prezident, “hokimiyat Xitoyga qarzini to‘lay olish mexanizmini topdi” demoqchi. Lekin bir vaqtning o‘zida Xitoydan yoki yana boshqa davlatlardan qarz so‘rash va investitsiya tortish uchun jon berib harakat qilyapti. Demak hech qanday iqtisodiy silkinishlar, islohotlar paydo bo‘lgani yo‘q va yaqin kelajakda bo‘lishi kutilayotgani ham yo‘q!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.