Patrushev “ID”ning Markaziy Osiyoga bostirib kirishga tayorgarlik ko‘rayotganidan ogohlantirdi
Rossiya xavfsizlik xizmati raisi Nikolay Patrushev Afg‘onistonda vaziyat toboro keskinlashib borayotganidan va “Islom davlati” (ID) tashkilotining pozitsiyalari mustahkamlanib borayotganidan ogohlantirdi. Bu haqida TASS axborot agentligi xabar tarqatdi. Patrushevning aytishicha Afg‘onistonda to‘plangan ID azolarining soni 4 ming nafar atrofida. Hozirda ular Tolibonga qarshi turish, shuningdek Markaziy Osiyoga hujum qilish uchun tayorlanishayotgan emish.
“IDning maqsadi Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirib, buyuk Xuroson davlatini qurishdir”, dedi Patrushev.
“Qora quzg‘un” nomini olgan Patrushev, mintaqalarda rossiya rejimining iflos rejalarini amalga oshirib keladi. Patrushevning Tojikistonga va O‘zbekistonga tashrifdan keyin, Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin chegara hududida 20 nafar mujohid hujum uyushtirganligi da’vo qilingan edi. Mujohidlar Afg‘onistondan o‘tishgani haqida tarqatilgan malumotlarni Afg‘oniston hukumati rasman inkor qildi.
O‘zbekiston bilan Rossiya manfaatlari o‘rtasidagi keskinliklar sababli Markaziy Osiyo davlatlari AQSh va Rossiya davlatlarining bosimi ostida qolmoqda. O‘zbekiston olamiy iqtisodiy kapitalistik sistemasi safidan munosib o‘rin egallash uchun AQSh ortidan borish yoki Rossiya taklif qilayotgan Evro ittifoqqa qo‘shilib u bilan olamiy inqiroz tomon yurish tanlovi oldida turibdi. O‘zbekiston Rossiya changalidan qutilish maqsadida bor imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qiladi. Rossiya ham o‘z navbatida bor ta’sir quvvatidan foydalanib nafaqat O‘zbekistonning o‘ziga taeshlanyapti, balki uning atrofidagi qo‘shnilari bo‘lgan Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston orqali vaziyatni o‘z manfaati tomon burmoqchi bo‘lyapti. Natijada Rossiya mintaqada atayin keskinliklar paydo qilish bilan Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid qilyapti.
Demak, Patrushev mintaqada yana biror qo‘poruv amaliyot loihasini tuzgan ko‘rinadi!
Abdurazzoq Mo‘’min.