بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sudan er osti va er usti boyliklariga to‘la bo‘la turib, nega uning hukmdorlari mustamlakachi davlatlar sarobiga hakillab chopishyapti?!
Sudan moliya vaziri Ibrohim Badaviy Reyter axborot agentligiga «iqtisodiy krizisni oldini olish maqsadida byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Sudanga besh milliard dollar kerak», deya bayonot berdi. Ilgari «2020 yilgi byudjet Sudanga do‘st davlatlar vositasida moliyalashtiriladi», degan ham shu kimsa edi. Bunga uning Sudanni hozirgi iqtisodiy tang ahvolidan chiqarish uchun Xalqaro Valyuta Fondidan sudxo‘rlikka asoslangan kreditlar olishga qaratilgan tinimsiz harakatlarini ham qo‘shimcha qilish lozim.
Shulardan kelib chiqib, Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) quyidagilarni bayon qildi:
«Sudanning bugungi kundagi hukumati voqeligiga va uning yurtdagi iqtisodiy krizisni hal etish uchun mustamlakachi G‘arb davlatlari sarobi ortidan hakillab chopayotganiga nazar tashlagan kishi shunga to‘la amin bo‘ladiki, hukumatning asl muvaffaqiyatsizligi, uning krizisni qanday hal etish haqida noto‘g‘ri fikrlayotganidadir. Zero, ushbu manfur kapitalist bo‘lmish Xalqaro Valyuta Fondidan echim chiqmaydi». Ustoz Abu Xalil matbuot bayonotida tabiiy savollarni o‘rtaga tashladi:
«Ekin ekishga yaroqli millionlab gektar erlarda va daryoyu yomg‘ir suvlari mo‘l-ko‘l bo‘lgan zaminda o‘nlab qishloq xo‘jalik loyihalarini amalga oshirishga ega bo‘lgan Sudandek bir yurt qanday qilib birovlardan non-suv kutmoqda?! Er ostidan yuzlab tonna oltini chiqayotgan bir yurtning moliya vaziri nega mustamlakachi davlatlar va Xalqaro Valyuta Fondiga berarmikin-bermasmikin, deya yalinyapti?! Nega bu hukumat nima qilishni bilmay hayron turibdi, nega AQSh va Evropadan botil echimlar kutyapti. Axir, yurtda hayotning turli sohalarida ziyoli aqllar juda ko‘p bo‘lsa?!». Bayonot so‘nggida ustoz bunday dedi:
«Biz G‘arbning zahriqotil yordamlariga muhtoj emasmiz. Uning Alloh va Rosuliga urush ochish hisoblangan sudxo‘rlik kreditlari kerakmas bizga. Bizga Ummat aqidasiga asoslangan holda ilg‘or fikrlaydigan hamda insonlar ishlarini Robbul olamin ahkomlari bilan boshqarib, yurtning er osti va er usti boyliklaridan Ummatga xizmat qilish va yurt boyliklarini talon-toroj qilayotgan mustamlakachi kofir qo‘liga bolta urishda foydalanadigan er kishilari kerak. Shubhasiz, bular Alloh izni ila, yaqinda barpo bo‘lajak Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati rahbarlaridirlar. Zero, barcha muammolarni echish va krizislarni hal etish, o‘lkani uyg‘onish va taraqqiyot yo‘liga olib chiqishning birdan-bir kafili mana shu davlatdir.
Roya gazetasining 2019 yil 20 noyabr chorshanba kungi 261-sonidan