O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshadi

0
533

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshadi

 O‘zbekiston bilan Xitoy mulozimlari o‘zaro aviaqatnovlarni haftasiga 15 tagacha oshirishga kelishib oldilar.

 Bu boradagi muzokaralar, O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Pekinga safar qilgan vazirlik delegatsiyasi hamda Xitoy fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi mulozimlari o‘rtasida o‘tgan hafta o‘tkazilgan.

 Muzokaralar yakuniga ko‘ra, endilikda aviaqatnovlar amalga oshirilayotgan Pekin, Urumchi, Shanxay, Guanchjou, Tyanьzinь shaharlariga Xitoyning Sianь, Sanьya, Iu va Chendu shaharlarini qo‘shish, aviashirkatlar qatnovlarini Pekin shahridagi yangi “Dasin” xalqaro aeroportiga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-texnik masalalarni ishlab chiqishni boshlash yuzasidan kelishuvga erishilgan.

 Izoh: Ma’lumki, Xitoy O‘zbekistonning yirik investorlaridan hisoblanadi. Hozirgacha Xitoy O‘zbekistonga 7 milliard 800 million dollar investitsiya  yo‘naltirgan. Xitoy O‘zbekistonga investitsiya yotqizish bilan bir qatorda, qarz berish orqali uni o‘ziga tobora qaram qilib bormoqda. Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, 2015 yilning yanvaridan 2019 yilning yanvarigacha O‘zbekistonning Xitoy oldidagi qarzi asta-sekin 1,055 mlrd. dollardan 1,964 mlrd. dollargacha o‘sgan. 2020 yilga borib, Xitoydan qarzi 3,006 mlrd. dollarga etadi.

 Mirziyoev hukumati Xitoydan investorlar va sayyohlarni jalb qilish ilinjida O‘zbekiston eshiklarni xanlar uchun ochib bermoqda. Mirziyoev imzolagan hujjatga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy, shu jumladan XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

 Xitoyning mustamlaka qilish uslubi asoratlarini bugungi kunda Sharqiy Turkistondagi musulmonlar o‘z boshidan o‘tkazishmoqda. Xitoy davlati mustamlaka qilmoqchi bo‘lgan mamlakatga investitsiya olib kirish va ulkan qarz berish orqali uni to‘lab bo‘lmaydigan qarzdor qilib olishga harakat qiladi. Siyosiy vaziyatlar hamda qarzdor davlatning muammolari va iqtisodiy inqiroz holatlaridan foydalanib, o‘zi uchun manfaatli bo‘lgan bitimlarni imzolatib oladi. Neft quvurlari va temir yo‘li yotqizib olish kabi o‘ta muhim ahamiyatga ega loihalarni amalga oshirib olish bilan u mamlakatni strategik tomondan o‘ziga bog‘lab oladi. Ana undan keyin Xitoy davlati ham, uning investor qiyofasidagi sarmoyadorlar ham haqiqiy basharalarini ocha boshlashadi.

  Qirg‘izistonga ham investor ko‘rinishida kirib kelgan xanlar, bu erda o‘rnashib, o‘z manfaatlariga mos qonunlarni qabul qildirib olgach, mahalliy qirg‘iz ishchilarni taxqirlash, kaltaklashgacha borib etishdi. 2018 yil iyul oyida Qirg‘izistonning Chuy viloyati Sokuluk tumanida joylashgan OsOO “Tyanь — Shanь Keramik” zavodining Xitoy fuqarosi bo‘lgan bosh direktori mast holatda qo‘l ostidagi qirg‘iz ishchini qirg‘izistonlik ishchilar brigadasi ko‘z o‘ngida haqorat qilib, kaltaklagan bo‘lsa, keyinchalik xitoylik yana bir investor o‘z korxonasidagi mahalliy qirg‘iz ishchilarini tushlik vaqtida ovqatni tik turib eyishga majburlab, ularga qarshi kuch ishlatdi. Bishkekdagi restoranlardan birida xitoy fuqarosi o‘zini nojo‘ya tutgani sababli tanbeh bergan qirg‘iz ayollarini haqorat qilib, “men deputatga qo‘ng‘iroq qilaman” deya tahdid qilishgacha borib etdi… O‘zbek hukumati ham oqibatini o‘ylamay olayotgan qarzlar, Xitoydan jalb qilayotgan investitsiya va investorlar oqibatini yaqin kelajakda ko‘radi, ammo unda kech bo‘ladi.

 Abdurahmon Odilov

Izohlar yo'q