Tunis saylovlari G‘arb hukmronligini mustahkamlash vositasidir

0
476

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati

Tunis saylovlari G‘arb hukmronligini mustahkamlash vositasidir

Onado‘li axborot agentligi (hijriy 1441 yil 20 muharram, milodiy 2019 yil 19 sentyabr payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Yana Hizb ut-Tahrir Tunis saylovlarini rad qildi. Uning ta’kidlashicha bu bir «aldov» hamda G‘arb va kapitalistik davlatlarning yurt qarorlari ustidan hukmronlik qilishlarini mustahkamlashdir. Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi siyosiy bo‘limi raisi Abdurauf Omiriy payshanba kuni Hizbning poytaxt Tunisdagi ofisida bergan matbuot konferentsiyasida «Biz oldin aytganimizdek yana qayta ta’kidlaymiz: bu saylov Tunisga zo‘rlab o‘rnatilgan G‘arb nizomini mustahkamlash jarayonidir», deydi. Omiriyga ko‘ra, «Bu ham xorij bosimi ostida va Islom aqidasiga zid ravishda qabul qilingan konstitutsiya va qonunlarga bo‘ysunuvchi tizimning aynan o‘zidir. Shu bois, saylov uslubi o‘zgarishga olib bormaydi». Konferentsiyada so‘zlar ekan, Omiriy prezidentlik poygasining ikkinchi bosqichiga o‘tgan ikki nomzod (Qays Said va Nabil Qaraviy)ni «an’anaviy tizim tashqarisidan emas, aksincha, bugungi siyosiy tizimning markazidan» ekanliklarini ta’kidladi».

Roya gazetasining 2019 yil 25 sentyabr chorshanba kungi 253-sonidan

Izohlar yo'q