“Spiker Jumabekovning bayonoti Qirg‘izistonni dunyoga sharmanda qildi”mi?

0
582

“Spiker Jumabekovning bayonoti Qirg‘izistonni dunyoga sharmanda qildi”mi?

Qirg‘iziston parlamentining spikeri Dastan Jumabekov Qozog‘istonning Nursulton shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo spikerlar yig‘inida rasmiy bayonot bilan chiqish qildi. U rus tilida yozilgan tayyor yozma bayonotni o‘qib berayotib, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. “Jumabekov Tekstga tayorlanmay chiqib, dunyo oldida Qirg‘izistonni sharmanda qildi” degan fikrlar matbuot tarmoqlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Tarixda juda ko‘p buyuk shaxslar, siyosatchilar o‘tgan. Ularning buyukligi biror-bir yetakchi davlatning tilini yaxshi bilgani bilan o‘lchangan emas! Olamiy boshqaruv sistemasi buzilib, yetakchi davlatlar o‘zlariga mustamlaka bo‘lgan zayif davlatlarga o‘z saqofatini singdira boshlaganidan buyon, mustamlaka davlatlar mentalitetida olamiy tilga e’tibor kuchaydi. Ular siyosatchi tayorlash institutlarini olamiy til yoki yetakchi davlatlar qadriyatlariga (etika kabi) asoslangan shaxsiy va diplomatik aloqalarni o‘zlashtirish asosiga qurib olishdi. Natijada siyosiy elitalar ushbu buzuq asosdan kelib chiqqan o‘ta zayif va mustamlakaparast yetakchi guruhlarga aylanib qoldi.

Buning oqibatida davlat rahbarini tanlash va ularning keyingi faoliyatlariga e’tibor qaratish asosi buzildi. Yetakchi tanlanayotganda, uning shaxsiy hayoti, intellegentlik shaxsiyati, odamiylik aloqalari, siyosiy populistik chiqish qobiliyati va yana shunga o‘xshash barcha insoniy sifatlari e’tiborga olinadi. Ammo rahbarlik sifatlaridan sanalgan yetakchilik qobiliyati, siyosiy tajribasi, tiniq dunyoqarashi va unga sadoqati, davlat boshqaruvidagi tiniq programmasi kabi asoslarga deyarli e’tibor berilmaydi. Masalan bir prezident kufr bilan til biriktirib, o‘z xalqining manfaatlariga xiyonat qiladi yoki sotib yuboradi. Ortidan matbuot uni qanday chiroyli namoz o‘qiyotgani yoki Quron tilovat qilayotgani yoki bir yetimxonaga borib yetimlardan biriga yoki bir nechtasiga muruvvat ko‘rsatib, ko‘z yosh to‘kayotganini taratadi. Xalq uni shu insoniy sifatidan aldanib, shu yetimlar haqqiga yetkazgan milliardlagan zararlardan ko‘z yumib qo‘yaveradi.

Har qanday siyosatchi o‘z tabiatini o‘zi boshqarayotgan yoki boshqarishga intilayotgan xalqning mentaliteti va siyosiy tabiatidan oladi. Shuning uchun mustamlakachi davlatlar zayif davlatlarda o‘zlarining saqofiy ta’sirlarini kuchaytirishga juda katta e’tibor qaratishadi. Chunki shu xalqdagi saqofiy mustamlaka undan yetishib chiqayotgan siyosatchilarga albatta ta’sir ko‘rsatadi.

Qirg‘iziston spikeriga nisbatan borayotgan matbuot hujumlari fikrimizga yaqqol dalil bo‘la oladi. Qirg‘iziston prezidenti ham ushbu saqofiy ta’sir ostida tunu-kun zo‘r berib, rus tilini o‘rganyapti. Uni ham bir necha marotaba rus tilini yaxshi o‘zlashtirmaganlikda ayblashdi. Siyosatchilar xalq manfaati ustida bosh qotirish o‘rniga, har xil olamiy anjumanlarda kufrdan kelib chiqqan olamiy diplomatik aloqalar, xalqaro tilni mukammallashtirish va bayonotlar tayorlash bilan ovora. Bu siyosatchilar tilda yoki biror aloqada adashib ketishsa, ularga ayamay qattiq zarba berishadiki, toki keyingilari yanada e’tiborliroq bo‘lishsin. Natijada bizning siyosatchilarimiz siyosiy populizm (safsatavozlik)dan nariga o‘tishmaydi! Ular bu olamiy balodan qutilish yo‘lini izlash yoki shu haqida fikrlab ko‘rishga ham yaramaydi! Ha, bularning barchasi saqofiy mustamlakaning ta’siri va kasofatidan kelib chiqqan!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Izohlar yo'q