Putin va Jeenbekov mushtarak harbiy o‘quv mashg‘ulotining Rossiya va Qirg‘iziston uchun muhimligini ta’kidlashdi

569
0

Putin va Jeenbekov mushtarak harbiy o‘quv mashg‘ulotining Rossiya va Qirg‘iziston uchun muhimligini ta’kidlashdi

Rossiyanning Orenburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Sentr -2019” harbiy o‘quv mashg‘ulotidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Albatta ikki davlat o‘zaro aloqalarini iqtisodiy asosda olib boradi. Shunga qaramay harbiy texnika va boshqa harbiy hamkorlik ishlari ham, o‘z yo‘lida davom ettirib borayapti. ODKB tashkiloti asosida borayotgan ishlarimizni davom ettirishimiz ham o‘ta muhim. Shu maqsadlarimizni ro‘yobga oshirishda, bo‘lib o‘tayotgan harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘ta muhim”, dedi Putin. (Sputnik).

Qirg‘iziston siyosiy keskinliklar kundan-kunga kuchayotgan maydonga aylanib boryapti. Davlat rahbari siyosiy elita vakillari bilan murosa qila olmayapti. O‘z atrofida esa, kuchli yetakchi guruh mavjud emas. Jiyanbekov shu kungacha faqat Rossiya quvvati va ta’siriga suyanib ish olib bordi.

Lekin Omurbek Tekebaevning ozodlikka chiqarilishi bilan vaziyat bir oz o‘zgarishi kutilyapti. Siyosiy doira va avvalgi muvaqqat hukumat vakillari yana hokimiyatga ta’sir o‘tkazishga harakat qila boshlashdi. Tekebaev qamoqxonada turib, BBC jurnalisti bilan o‘tkazgan suhbati chog‘ida, Jiyanbekovni Rossiya bilan bir tomonlama aloqasiga qarshi fikr bildirib, uni keng qamrovli olamiy siyosat olib borishga chaqirgan edi. Shuningdek Rossiyani xalqaro siyosatdagi mavqeyi tushib borayotganini ham ta’kidlagan edi.

Demak Rossiya Qirg‘iz siyosiy doirasini prezident atrofiga birlashtirib, ulardan yetakchi guruh paydo qilmoqchi. Lekin Putinning maqsadi, yetakchi guruhni ham prezident belgilagan rossiyaparast kurs bo‘ylab yo‘nalishga undash asosida olib boriladi. Tojikistonda tinchimayotgan keskinliklar va uning oqibatidan kelib chiqayotgan Bishkekdagi norozilik aksiyalari ana shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, (ODKB) tashkilotining harbiy aralashuvi bilan nihoyasiga yetguncha davom ettirilishi kutiladi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.