Hindiston bosib olingan Kashmirdagi musulmonlarni juma namozini oʻqishga qoʻymayapti

563
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hindiston bosib olingan Kashmirdagi musulmonlarni juma namozini oʻqishga qoʻymayapti

Pokiston esa, nizoni tinch yoʻl bilan hal etishga tayyorligini aytyapti!!

Hindiston rejimi olib borayotgan siyosat sababli butun regional vaziyat keskinlashib, ayanchli bir manzara kasb etayotgan bir paytda, Kashmir viloyatining bosib olingan qismida yashovchi aholi namoz oʻqish uchun masjidlarga kiritilmiyotganlarini aytishmoqda. Juma kuni ertalabdan Jammu va Kashmir viloyatidagi eng katta shahar boʻlgan Srinagardagi katta jome masjidi yopib qoʻyildi… Darvozalari oldiga zirhli harbiy mashinalar qoʻyildi… doʻkonlar ochilmaganini va koʻchalar boʻshab-huvillab qolganini sezish qiyin emasdi…

“Pokiston rejimi tinch yoʻl bilan hal etishga tayyor”, degan soʻz, Pokistonning BMTdagi doimiy vakilasi Maliha Ludining bayonotida yangradi. Bu soʻzlarni u juma kuni Xitoy talabi bilan Xavfsizlik Kengashi oʻtkazgan navbatdan tashqari yigʻin ortidan jurnalistlarga bergan matbuot konferentsiyasida aytdi. Oʻz navbatida, Xitoyning BMTdagi doimiy vakili ham uning “mamlakati, oʻyin xususan, Qoʻshma Shtatlar tomonidan boshqarilayotgan bir paytda, har qanday bir tomonlama harakatdan tashvishda ekanini bildirar ekan, Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yigʻini Kashmir masalasida hech qanday rasmiy natija (bayonot yoki qaror) chiqarmaganini taʼkidladi”. Buning muqobili oʻlaroq, Hindiston Mudofaa vaziri Rajnat Singx oʻzining mamlakati yadro qurolidan foydalangan holda, “birinchi boʻlib zarba berish” siyosatini oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qolishini taʼkidladi hamda bu siyosat kelajagi “vaziyatga bogʻliq” ekanini urgʻuladi.

Roya gazetasining 2019 yil 21 avgust chorshanba kungi 248-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.