Husiylar Adanda oʻldirilgan Abu Yamomaning oʻlimi javobgarligini oʻz zimmalariga olishlarini maʼlum qilishdi

531
0

Husiylar Adanda oʻldirilgan Abu Yamomaning oʻlimi javobgarligini oʻz zimmalariga olishlarini maʼlum qilishdi

2019 yil 1 avgust payshanba kuni Xavfsizlik kamaridagi qoʻllab-quvvatlovchi kuchlar qoʻmondoni general Munir Saʼdiy Makniy “Abu Yamoma” portlatib yuborildi. Abu Yamoma portlash chogʻida Adan viloyatidagi Jalo harbiy lageridagi harbiy paradda, boshqa qoʻmondonlar bilan kresloda oʻtirgan edi. Husiylar portlash ortidan Abu Yamoma oʻlimidan masʼul ekanliklari va oʻzlari hukmronlik qilayotgan mintaqadan raketa hujumi uyushtirgani haqida xabar tarqatishgan.

Oʻtgan qisqa vaqt ichida butun Yaman boʻylab koʻplagan harbiylar halok boʻldi va turli portlashlarda tanalari sochilib ketdi. Ular Yamandagi urushda ishtirok etayotgan ekanlar, bu urushni oʻzlarining urushi deb oʻylashyapti. Ular bu urushda oʻz birodarlariga qarshi jasorat koʻrsatishmoqda. Ular nima qilsa, ayni shu maqsad yoʻlida qilishmoqda. Bu harbiylar oʻzaro urishishga undaydigan xato harbiy doktrinaga asoslanishdi. Oʻzaro urishishdan qaytaradigan va yoʻnalishni kofir dushmanlari bilan urushga buradigan toʻgʻri harbiy doktrinaga asoslanishmadi.

Yamanning turli joylarida harbiy va siyosiy shaxslar vahshiyona oʻldirilmoqda. Shuningdek, Yaman xalqi oʻrtasidagi ichki urushlarda son-sanoqsiz kishilar halok boʻlmoqda. Shuning uchun bu harbiylar Islomga dushmanchilik qilayotgan, adovatini ochiq koʻrsatayotgan va qulay fursat kutayotgan dushmanlar bilan urishishi vojib edi.

قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاء مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ

“Ularning sizlarni yomon koʻrishlari ogʻizlaridan oshkor boʻldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir” [Oli Imron 118]

Ushbu dushmanlar 2001 yildagi salib urushidan keyin Islomga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erisha olmadi. Soʻng musulmonlarni bir-biri bilan urishtirishga kirishishdi. Oʻz raketalarini Falastinni bosib olgan yahudiylar tomon otish uchun tayyorlayotgani haqida aytayotganlar va ulardan oldingilar yolgʻon gapirmoqdalar.

Ushbu soxta va maqsadsiz urushda har ikki tarafdan oʻlganlar uchun hech kim afsuslanmaydi. Chunki ular Islom hukmlarini tark qilishdi hamda Yamanga qarshi xalqaro urush tomonida turib, xato yoʻnalishni tanlashdi.

Musulmonlarning turli joylarda musulmonlar oʻrtasida urush olovini yoqayotgan, barcha narsani yoqish uchun uni alangalatayotgan va musulmonlarni Islomiy Ummatning haqiqiy dushmanidan burayotgan kim ekanini tushunish vaqti keldi. Hikmat asosida (oqilona) ish tutish kerak boʻlgan ayni shu kunlarda hikmat ahli nega oqilona ish tutmayapti?!

Yaman ahli oʻz ahlini aldamaydigan yetakchi boʻlgan Hizb ut-Tahrirning ogohlantirishlarini anglashi lozim. Chunki Hizb ut-Tahrir ularni mustamlakachilarning tuzogʻiga tushib qolishdan bir necha bor ogohlantirdi. Shuningdek, ularni Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun oʻzi bilan birga faoliyat qilishga chaqirdi. Chunki mana shu Xalifalik musulmonlarni Islom bilan boshqarib, Allohga itoat qilish va uning roziligi sari yetaklaydi hamda urushning ikki tarafida turgan mustamlakachilarni yurtdan quvib chiqadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.