AQShdagi raketa sinovlari

1286
0

AQShdagi raketa sinovlari

 Pentagon 19 avgust kuni Tomahawk raketalarini muvaqqiyatli sinovdan oʻtkazganligini eʼlon qildi. Aslida bu raketalar Oʻrta va qisqa masofadagi raketalarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomada (OʻQMR) man qilingan edi. Biroq, avvalroq AQSh bu shartnomadan chiqishini maʼlum qilgan. Shunday qilib, bu shartnoma amalda toʻxtadi desak boʻladi.

 OʻQMR bu – AQSh bilan Rossiya oʻrtasida oʻrta va qisqa masofadagi (500dan 5500 kilometrgacha uchuvchi) raketalarni qisqartirish shartnomasi. AQSh joriy yilda bu shartnomadan chiqishini eʼlon qildi, hatto yuqorida koʻrsatilgandek, mazkur shartnomada taqiqlangan raketalarni sinovdan oʻtkazishga erishdi.

 AQSh Oʻrta va qisqa masofadagi raketalarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqishi va bu turdagi raketalarni ishlab chiqarishi qanday oqibatlarga olib keladi?

 Yevropa

 Agar, AQSh oʻrta va qisqa masofadagi raketalarni ishlab chiqarishni boshlasa Rossiya ham shu turdagi raketalarni ishlab chiqarishni boshlaydi. AQSh raketa sinovlarni oʻtkazishiga javoban “Putin Rossiya oʻrta va qisqa masofadagi raketalarni ishlab chiqarishga kirishadi deb bayonot berdi”. (euronews, 21.08.19). Natijada ruslar Yevropaning istalgan burchagiga yetadigan raketalarga ega boʻladi. Yevropa oʻz xavfsizligi tahdid ostida qolishi sababli AQShning xavfsizlik chodiriga kirishga majbur boʻladi. Shu tarzda AQShning harbiy changalidan chiqishga intilayotgan Yevropa AQSh va Rossiya oʻrtasidagi keskinlik asiriga aylanadi. Frantsiya prezidenti Makron bunday vaziyatni tan olib shunday bayonot berdi: “Amerika rahbari Tramp qurolsizlanish shartnomasidan chiqish toʻgʻrisida maʼlum qilganidan keyin asosiy qurbon kim boʻlishini koʻrdim”. (Yavmu saabig).

 Rossiya

 Oʻrta va qisqa masofadagi raketalarni ishlab chiqarish ulkan mablagʻ talab qiladi. Shusiz ham iqtisodi nochor Rossiya uchun bu qurollanish poygasi iqtisodiy jihatdan salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ruslarning oʻrta va qisqa masofadagi raketalari Xitoyning butun hududini qamrab oladi. Xitoy ruslar bilan ittifoqdosh boʻlsa ham, albatta, bunday vaziyat Xitoyni gʻazablantirmay qoʻymaydi. Oqibatda, ikki ittifoqdosh (Xitoy bilan Rossiya) oʻrtasida ziddiyat vujudga kelishi mumkin. Bundan tashqari, AQSh Rossiyadan Suriyada foydalanayotgani kabi, Xitoyga qarshi ham foydalanishga urinmoqda. Shuning uchun Amerika koʻplab bosimlar qilmoqda: iqtisodiy sanktsiyalar, qamal, OʻQMR bitimidan chiqish va h.k… 

 Xitoy

 AQSh yashirib oʻtirmasdan yuqorida aytilgan Tomahawk raketalari Xitoyga qaratilganini eʼlon qildi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Mark Esper shunday bayonot berdi: “Talabga muvofiq, Xitoyning yomon hulqini jilovlashimizda bizda quvvat boʻlishi, oʻrta masofadan ularga zarba berish imkoniyatini taʼminlashimiz kerak”. (news1.ru, 22.08.19). Amerika soʻnggi yillarda iqtisodiy jihatdan ulkan rivojlanishga erishgan Xitoyni jilovlash strategiyasiga jiddiy eʼtibor bera boshladi. Endilikda AQSh bilan Xitoy oʻrtasidagi savdo urushiga harbiy yoʻnalish qoʻshildi. Mazkur raketalar Xitoy atrofida joylashtirilishni xal etishdan tashqari, bu raketalardan mudofaalanish va shu turdagi raketalarni ishlab chiqarish Xitoyni ham ulkan mablagʻlarni sarflashga undaydi. Bunday choralar iqtisodni tamoman izdan chiqarib yubormasada kuchsizlantirishi aniq. Aslida, AQShni OʻQMR shartnomasidan chiqishi Rossiyadan koʻra koʻproq Xitoyga qarshi qaratilgan. AQSh mudofaa vaziridan AQSh ikki davlatdan qaysi birini koʻproq tahdid deb biladi, degan savolga Esper shunday javob berdi: “Xitoy – bizning vazirlik uchun birinchi raqam darajasida turadi. Mening fikrimcha, uzoq muddatli kelajakda Xitoy (Rossiyadan koʻra) kattaroq tahdid hisoblanadi”. (RIA, 22.08.19).

Xorun Abdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.