Pokistonning Kashmirni ozod etishga eʼtiborsizligi sababli Hindiston Kashmirdagi bosqinchiligini mustahkamlamoqda

0
557

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokistonning Kashmirni ozod etishga eʼtiborsizligi sababli Hindiston Kashmirdagi bosqinchiligini mustahkamlamoqda

Onadoʻli axborot agentligining (hijriy 1440 yil 1 zul-hijja, milodiy 2019 yil 2 avgust juma kuni nashr qilingan) xabarida bunday deyiladi:

“Hindiston Kashmirga oʻzining 25 ming nafar harbiylashgan kuchlarini joʻnatishga qaror qildi. Bu uning oʻtgan hafta yuborgan 10 ming nafar askariga qoʻshimcha hisoblanadi.

Hindistonning NDTV axborot telekanali rasmiy manbalarga tayanib xabar qilishicha, Nьyu-Dehli oʻtgan haftada harbiylashgan kuchlaridan 10 ming nafarini Kashmirga yuborgan edi. Endi Hindiston hukumati u yerga qoʻshimcha 25 ming harbiylashgan askarlarini yuborishga qaror qildi.

NDTVga koʻra, ushbu harbiylashgan kuchlar Kashmirga payshanba kundan yetib boradi. Hindiston Bosh shtabi boshligʻi Bipin Ravat xavfsizlik chora-tadbirlarini nazorat qilish uchun allaqachon Kashmirga joʻnab ketdi.

Bu qoʻshimcha kuchlarning Kashmirga yetib borishi bilan, Hindistonning shu ikki hafta ichida mintaqaga yuborgan kuchlari soni 35 mingtani tashkil qiladi.

Oʻtgan haftadan oldin hind hukumati Kashmirga 100ta harbiy qism joylashtirib, xavfsizlik harakatlarini boshlamoqchiligini aytgan edi. Ammo “isyonchilarga qarshi kurash” amaliyoti tafsilotlarini ochiqlamadi.

Roya gazetasining 2019 yil 7 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Izohlar yo'q