Oʻzbekiston qizlarning nikoh yoshini “18 yosh” deb oʻzgartiradi

1171
0

Oʻzbekiston qizlarning nikoh yoshini “18 yosh” deb oʻzgartiradi

 Oʻzbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi qizlarning nikoh yoshiga oʻzgartirish kiritishni taklif qildi. Mazkur masala ikkinchi oʻqishdan oʻtganidan soʻng qonun sifatida qabul qilinadi. Bu haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari yozishmoqda.

 Xabar qilinishicha, Oʻzbekstondagi qizlarga bundan buyon 18 yoshga toʻlgandan keyingina oila qurishga ruxsat beriladi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda qizlarning oila qurish yoshi 17 yosh, oʻgʻil bolalar uchun 18 yosh hisoblanadi. 2019-yili Oʻzbekistonda 17 yoshida oila qurgan qizlarning soni 5123tani tashkil etgan.

 Maʼlumki, kapitalizm demokratiya niqobi ostida ayollar huquqlarini himoya qilish bahonasi bilan ayol zotini xorlab keladi. Chunki, kapitalistik tuzumda ayolga foydalanish kerak boʻlgan tovar sifatida qaraladi. Shuning uchun ham balogʻatga yetmagan qizlar buzuqchilik ortidan fuqaroviy nikohda yursa yoki foxishalik bilan shugʻullansa ularga qonun koʻz yumib qoʻyaveradi. Ammo balogʻatga yetib, sharʼiy yoʻl bilan oila qurishga qonun yoʻl bermaydi. Chunki, bu qonun aslida dinni hayotdan ajratishni koʻzlaydi. Bundan farqli oʻlaroq, islomiy qoidaga koʻra, oila qrmoqchi boʻlayotgan yoshlarning yoshi emas, balogʻatga yetgani va roziligi eʼtiborga olinadi.

Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.