Amerika insoniyat dushmanidir! Uning yordamlari insonparvarlik emas!

584
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika insoniyat dushmanidir! Uning yordamlari insonparvarlik emas!

Asʼad Mansur qalamiga mansub

“Venesuelaliklar AQSh joriy qilgan sanktsiyalar oqibatida misli koʻrilmagan iqtisodiy krizisga qarab ketayotganliklarini kundan-kunga koʻproq his etmoqdalar. Bozor kasod boʻlishi, samolyot chiptalari bilan yonilgʻi mahsulotlari bahosining oshishi ularning kunlik hayotlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda”. Bu Frans-Press axborot agentligining 2019 yil 13 iyunda qilgan xabaridan iqtibos.

Amerika oʻrmon qonunini qoʻllayapti. Bu borada haq zoʻrniki boʻlyapti! U oʻzini eng kuchliman deb bilib, istaganimni qilaman, birovlarga istaganimni yuklayman, deb hisoblayapti. Oʻz davlatida va BMTda xuddi shu asosda qonun chiqaryapti. AQSh ichkarisida ham sarmoyadorlar eng kuchli kishilar hisoblanib, qonunlarni oʻzlariga mos qilib chiqarishyapti. Xavfsizlik Kengashidagi eng kuchli ham Amerika boʻlib, u oʻz foydasiga qarorlar chiqaryapti, boshqa davlatlarni oʻziga tiz choʻktirish uchun ularga istagancha boykot va qamallar qoʻllayapti. Masalan, 2003 yil Iroqqa nisbatan qoʻllab, keyin uni bosib olgani kabi. Eronga nisbatan ham shunday yoʻl tutib, uni 2015 yil yadroviy dasturi boʻyicha shartnoma imzolashga majbur qildi. Oʻshanda 2015 yil 23 iyunda Eron prezidenti Ruhoniy “Bu sanktsiyalar Eron jamiyatida koʻplab muammolar keltirib chiqardi”, degan edi. Eronga yana sanktsiyalar qoʻllaganda esa, Eron valyutasi inflyatsiyaga yuz tutib, bu narsa iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi va uni yangi shartnomalarni imzolashga majbur qildi. Mana, bugun Amerika shu zoʻravonligini Falastinga nisbatan qoʻllayapti. Qochqinlarga insonparvarlik yordamlarini toʻxtatib qoʻyib, Falastin ahlini tang ahvolda qoldirmoqda. U oʻzining “Asr kelishuvi”ga rozi qilish maqsadida yahudiylar vujudini Falastin mollarini musodara qilishga undayapti. Amerika Falastin ahliga bu zamindan va uning daxlsizligidan voz kechinglar, bosqinchilikka rozi boʻlinglar, yahudiylarning Falastinni bosib olganliklarini tan olib, ularning hukmronligi va zoʻravonligi ostida xor boʻlib, boy-badavlat yashanglar, demoqda.

Ha, Amerikani odamlarning qiyinchiligi, kasalliklarga mubtalo boʻlishlari hamda ochlikka yuz tutib, halok boʻlishlari, bularning hech biri tashvishlantirmaydi… “Xor boʻlib boʻlsa ham yashashlaring uchun menga taslim boʻlish”, deyapti!

Venesuelada ham Amerika oʻz siyosatini zoʻrlab oʻtkazmoqchi boʻlib, unga sanktsiya belgiladi. 2017 yil 25 avgustda Oq uy “prezident Trampning Venesueladagi diktator rejimga qarshi navbatdagi qattiqqoʻl moliyaviy sanktsiyani belgilash toʻgʻrisidagi qarorni imzolagani”ni eʼlon qildi. Keyin “diktator Maduroning venesuelaliklarni oziq-ovqat va tibbiyot mollariga ega boʻlish huquqidan mahrum etishda davom etayotgani”ni daʼvo qildi. Venesuela Tashqi ishlar vaziri sanktsiyalarni “Yurtimizga oʻtgan 200 yildan beri boʻlgan eng yomon dushmanlik amaliyoti”, deya sifatladi. Bu yil Amerika Guaydoni Venesuela prezidenti sifatida eʼtirof etib, yurtga neftь va oltin qazib olish sektorlari, mudofaa va xavfsizlik xizmatlari, pul aylanmalari boʻyicha yana sanktsiyalarni kuchaytira boshladi. Hatto AQSh banklaridagi Venesuelaga tegishli mollarga ham qoʻl uzatdi. Oqibatda yurtda narx-navo ishonib boʻlmaydigan darajada koʻtarilib ketdi, ishsizlik nisbati bir necha barobarga oʻsib, millionlab fuqaro non topish uchun xorijga ish izlab chiqishga majbur boʻldi.

Shuncha qilmishlari ortidan yana Amerika Kolumbiya orqali Venesuelaga oziq-ovqat va dori-darmon vositalari bilan insonparvarlik yordamini joʻnatmoqchiligini daʼvo qilyapti. Ana aldovu mana aldov! Bu mustamlakachi davlat Venesuelaga sanktsiyalar joriy qilib, mollarini musodara qilib, fuqarosini ochlikdan xorijga qochib chiqishga majbur qiladi-da, keyin boʻlsa, bu yurt rahbari diktator, oʻz xalqini talab, och qoʻymoqda, deydi! Bu takabburlik, bepisandlik, uyalmay va qoʻrqmay botil bilan maqtanishning eng choʻqqisidir! Hozirda buni koʻp davlatlar tushunib qolgan. Biroq, Venesuela rejimi Amerikaning unga nimalar qilayotganiga eʼtibor bermayapti, eʼtiroz bildirmayapti, Amerika manfaati uchun unga ergashib, ozgina boʻlsa ham unga yaltoqlik koʻrsatishga harakat qilyapti, xuddi Yevropa qilayotgani kabi. Amerika esa, bu insonparvarlik yordamlaridan Venesuela xalqini qutqarishni va ularga yordam berishni maqsad qilgan emas. Balki u oʻzining siyosatini unga zoʻrlab oʻtkazishni koʻzlagan. Hatto AQShda chiqadigan The Atlantic jurnali 2019 yil 26 fevral kungi sonida ayni haqiqatni tan oldi. Jurnal muxbiri ayni yordamlarning Kolumbiyaga yetib borishini kuzatib borar ekan, “Amerika insonparvarlik yordamlarini koʻrsatish orqali ayni vaziyatdan Venesuela ishlariga bilvosita aralashishda foydalanyapti, shu orqali prezident Maduroni agʻdarish uchun xalq va armiyani koʻtarmoqchi”, dedi. Yana qoʻshimcha qildi: “Lotin Amerikasidagi aksar davlatlar AQShning regional ishlarga aralashuvidagi yakuniy natijaga shubha bilan qarashmoqda. Chunki tarixda Vashingtonning aralashuvi fojiali alamli oqibatlarni keltirib chiqarganligi maʼlum. Uning oʻtgan asrning yetmishinchi yillari sotsialist prezident Salьvador Alьendega qarshi nimalar sodir etganiga, Pinochetning 27 yillik vahshiy boshqaruviga yetakchilik qilganligiga dalillar juda koʻp. Bundan tashqari, Amerika oʻtgan asrning saksoninchi yillari Nikaraguada insonparvarlik yordamlari dasturidan foydalanib, soʻlqanot hukumatga qarshi kurashayotgan oʻngqanot jamoalarga 27 million dollarlik qurol-yarogʻni yashirincha yetkazib bergan, oqibatda bu qilmishi fuqarolar urushini keltirib chiqargan. 1989 yil Panamada AQSh kuchlarining Manuelь Norьeni agʻdarish uchun olib borgan jangi yuzlab fuqarolarning halok boʻlishiga olib kelgan”.

Bu AQShning Lotin Amerikasidagi qora tarixiga qisqa misollar, xolos. Uning insonparvarlik yordamlari boshqa davlatlar ishiga burun suqishga bahona boʻlish bilan birga, vahshiyona qotillik hamdir. AQSh qiyinchiliklarni keltirib chiqarish uchun sanktsiya va qamallar joriy qilyapti-da, soʻng – men insonparvarlik yordamlari koʻrsatmoqchiman, deyapti. Holbuki, aynan shu “insonparvar”ning oʻzi muammolarga sabab boʻlyapti, oʻzi chiqargan muammolarni oʻzining mustamlakachilik manfaatiga mos qilib hal qilyapti. Maʼlumki, Amerika bu qitʼaga 1789 yil mustamlakachilik tamal toshini qoʻyib, soʻng 44 yildan soʻng mustamlakachilik urushini boshlagan. Keyin 1833 yil Nikaraguaga, 1835 yil Peru va Meksikaga urush qildi, 1848 yil Meksikadan Texas, Kaliforniya va Nьyu-Meksikani tortib oldi. Ikkinchi marta yana 1857 yil Nikaraguaga, 1855 yil Urugvay va Panama kanaliga urush qildi. Keyin 1873 yil Kolumbiyaga, 1898 yil Kubaga urush qilib, Kubadan Guantanamo koʻrfazini tortib oldi. Bu koʻrfazda bugun yuzlab musulmon mahbuslarni tarixda misli koʻrilmagan juda yomon vahshiy holatda ushlab turibdi”. 1907 yil Gondurasga burun suqib, uning oltita shaharini tortib oldi. 1914 yil Gaitiga havodan parashyutchilarini tashlab, Markaziy bankdagi uning hamma mablagʻini oʻgʻirladi, keyin oʻzini bosib oldi. Amerikaning bu kabi aralashuvlari hamon davom etmoqda. Zotan, bu davlat birinchi raqamdagi mustamlakachi davlat boʻlib, yirtqichlikda oʻzining ingliz va yevropalik ajdodlaridan kam emas.

U Lotin Amerikasiga hukmron. Oʻzining siyosatiga eʼtiroz bildirsa, sanktsiyalar joriy qiladi, ishlariga aralashadi, qoʻzgʻolon va inqiloblar keltirib chiqaradi. Oqibatda, janubiy qitʼani qoloq, notinch, ichki nizolaru korruptsiyaga, qashshoqlik, ochlik va kasalliklarga gʻarq qitʼaga aylantirdi. Bu qitʼa ozodlik hamda Amerika mustamlakasi sirtmogʻidan qutulish yoʻlini topolmadi. Chunki unda uygʻonish mafkurasi ham, uygʻonish uchun faoliyat olib boruvchi fikriy harakatlari ham yoʻq. Sotsialistik mafkurani qabul qilgan bir necha soʻl qanot harakatlar chiqdi, ammo jamiyatda oʻzgarish qilishga yaramadi, fikrlarini tatbiq qilolmadi. Chunki ular hokimiyatga yetib borishi bilanoq Amerika tomonidan agʻdarildi yoki agʻdarilmay qolsa ham tub oʻzgarish emas, yamoq solish harakatini olib borishdi. Masalan, Venesuelada Chaves va uning merosxoʻri Maduro harakati ham shunday boʻlib, oʻzining sotsialistik mafkurasini tatbiq qilish qoʻlidan kelmayapti, bir qismini tatbiq qilib, qolganiga kapitalistik mafkurani tatbiq qilyapti va shu bilan rejimda taʼmirlash ishlari ketyapti, xolos. Shubhasiz, bu na oʻzgarish yasaydi, na uygʻonish va na AQShning hukmronligiyu mustamlakasidan xalos qiladi.

Lotin Amerikasi xalqlari Amerika mustamlakasi va uning zolim kapitalistik tuzumi botqogʻidan chiqishga juda mushtoq, barchalari bu borada achchiq voqelikni totmoqdalar. Sotsializm ularning xaloskori boʻlishga omadi chopmadi. Demak, birdan-bir xaloskor Islom qoldi. Allohning dini uzoq asrlar davomida bashariyatni qutqarib kelgan. U paytda hali kapitalizm va uning mustamlakachi davlatlari yoʻq edi, hali yer yuzida buzgʻunchilik tarqatib, hoʻlu quruqni baravar yoqmagan edi. Ha, Islom faqat davlat misolida koʻzga koʻrinadi. U islomiy odil tuzumni tatbiq qiladigan va islomiy risolatni butun olamga yetkazadigan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida gavdalanadi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.