Sooronbay Jeenbekov va Imomali Rahmon ikki davlat chegarasida uchrashdi

501
0

Sooronbay Jeenbekov va Imomali Rahmon ikki davlat chegarasida uchrashdi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 26-iyul kuni qirgʻiz-tojik chegarasida uchrashdi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

 Xabarda taʼkidlanishicha, ikki davlat rahbari chegara hududidagi aholi bilan qoʻshma uchrashuv oʻtkazishgan.

 Maʼlum qilinishicha, ikki davlat yetakchilari muzokaralarni davom ettirish uchun Tojikiston Respublikasining Isfara shahriga yoʻl olishgan.

 Mazkur davlat rahbarlari qaysi darajada va qanday doirada uchrashuv oʻtkazishlaridan qatʼiy nazar chegara muammolarini xal eta olishmaydi. Chunki, bu muammolarni xal etishda ularda na siyosiy erk va na siyosiy iroda mavjud emas. Ular nafaqat chegara muammolari, balki hatto ichki muammolarini ham mustaqil xal etish imkoniga ega emaslar. Oddiy misol, Jeenbekov va Atambayev oʻrtasida vujudga kelgan kelishmovchilik Moskvada Putin qanday xohlasa shunday xal etiladi va hatto kim hokimiyatga kelishi, kim ragʻbatlantirilib, kim qamoqqa tashlanishi ham Moskvada xal etiladigan boʻlib qoldi.

 Agar bularda siyosiy erk va iroda mavjud boʻlaginda oʻz ichki ishlariga begona davlatlarni aralashishlariga yoʻl qoʻymay mozori va bozori bir boʻlgan dindosh, qondosh xalq oʻrtasini kufr tortib bergan chegaralar bilan ajratmay, ochib tashlagan boʻlar edi. Ammo bunga xojalari ruxsat bermaydi. Prezidentlar uchrashib bu muammoni vaqtincha bartaraf qilishlari mumkin, ammo biror mustamlakachi davlatga, xususan Rossiyaga kerak boʻlgan  vaqtda bu muammo qayta va qayta koʻtarilaveradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.