Misr krizisdan qanday chiqa oladi?!

0
452

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr krizisdan qanday chiqa oladi?!

Ixvonul Muslimin harakati oʻzining rasmiy saytida 2019 yil 29 iyunda nashr qilgan bayonotida doktor Mursiy rohimahulloh vafotidan soʻnggi qarashlarini bildirdi. Ularning hisoblashicha, Mursiy demokratik tajriba namunasi boʻlib, uning oʻlimi kurash shakli va tabiatida yangi manzara yaratgan, kurashning bu tabiati Misrdagi qoʻzgʻolon kun tartibidagi ishlarni qayta koʻrib chiqish vazifasini yuklaydi.

Taʼkidlash lozimki, Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot boʻlimi Ixvonul Muslimin harakatining ayni bayonotiga munosabat bildirib, ularning Mursiy vafoti ortidan bildirgan fikrlarini uch nuqtadan tanqid qildi hamda ularga Alloh Taoloning rizosi uchun xolis nasihat yoʻlladi:

“Doktor Mursiy rohimahullohning oʻlimi Misrdagi zolim rejim qoʻlida oʻlgan barcha mazlumlar oʻlimidan farq qilmaydi. Butun hayotni qamoqlarda oʻtkazish, qiynoqlarga giriftor boʻlish va dorlarga osilish, bularning barchasi rejimning qator jinoyatlari roʻyxatiga qoʻshilib bormoqda… Undan ayni jinoyatlar uchun na xalqaro tashkilotlar hisob talab qilyapti va na yirik davlatlar. Aksincha, ularning hammasi Ummatga qarshi jinoyatlarda bir-biriga sherik boʻlib, yer yuzidagi ularning barchasi bizning qotillarimiz, barchasining qoʻli bizning qonimizga botgan… Ularga orqa qilayotganlar va yolgʻon bayonotlarini tasdiqlayotganlar siyosatni zarracha bilmaydiganlardir!”.

Hizb bayonotida yana bunday deyildi:

“Siz Ixvonul Muslimin aʼzolarining qarashlaringiz qachongacha Gʻarb qoʻygan ikki variant doirasiga, yo harbiy yoki milliy fuqarolik davlati doirasiga cheklanib qolaveradi?! Axir, ikkisi ham kufr bilan hukm yuritadi, faqat hukmdorlari soqolli va hofizi Qurʼon boʻlishadi, xolos! Nega sizning alьternativingiz Gʻarbning qoʻzgʻolonlarni jilovlash va yurtlarimizdagi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilish boʻlib qolaveradi, masalan, Erdogan shunday boʻlib qolayotgani kabi?! Nega alьternativingiz Ummat manfaati va uning aqidasidan balqib chiqqan mabdaiga xizmat qiladigan alьternativ boʻlish tomon oʻzgarmaydi?! Gʻarb qoʻyniga oʻzingizni otib, uning mafkurasini olaverasiz, shior qilib koʻtarib chiqayotganingiz va Ummatga koʻrsatayotganingiz Islom mafkurasini nega yetkazmaysiz?! Axir, shu Ummat sizni yelkasida koʻtarib, hokimiyatga olib keldi, chunki u sizning eʼtiqodingizga ishongan, Islom bilan hukm yuritadi, deb yoʻlagan! Siz haqiqatda ham shunday qilganingizda edi, yer yuzidagi hech bir davlat ham sizdan bu saltanatni tortib ololmagan boʻlar edi!”.

Misrni krizisdan qutqarish haqida esa, bayonotda bunday deyildi:

“Yurt boshdan kechirayotgan krizisdan qutulishga kelsak, buning uchun kuchli mafkura va ongli siyosiy yetakchilikdan balqib chiqqan haqiqiy loyiha kerak. Bu yetakchilik ayni loyihani batafsil anglab yetgan boʻlishi, uni qanday hokimiyatga olib chiqib, qanday tatbiq qilib, muammolarni u asosida qanday amaliy va toʻgʻri yechishni bilishi lozim. Bunga haqiqatdan yaroqli birdan-bir loyiha esa, Islom loyihasi, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasidir. Mana, ushbu loyihani Hizb ut-Tahrir sizga va Ummatga butun tafsiloti bilan bermoqda… Hizb uni zudlik bilan tatbiq qilishga qodir va tayyor. Shunday ekan, yo Hizb bilan birgalikda faoliyat qiling yoki loyihani qoʻlingizga olib, undagi aytilganlarni tabanniy qiling va Ummatga – hokimiyatga yetishingiz bilanoq zudlik bilan uni tatbiq qilishga mustahkam vaʼda bering. Chindan ham yurtimizni krizisdan chiqarishni istayotgan kishilar uchun mana shuning oʻzi kifoya, Gʻarbni yurtlarimizdagi krizisidan qutqarishni istayotgan kimsalar uchun emas”.

Bayonot quyidagi nasihat bilan soʻzini tamomladi:

“Oʻzgartirishning yagona tariqati mana shu, biz butun Ummat farzandlari, xususan, Islomni shior qilib koʻtarayotganlar tabanniy qilmogʻimiz kerak boʻlgan loyiha ham shu. Siz esa, ushbu loyihani qoʻlingizga olib, unga yordam berish uchun loyiha atrofiga insonlarni birlashtirishga hammadan koʻra loyiqroqsiz. Zotan, insonlar shu loyiha uchun sizni yelkalarida koʻtargan edilar. Shunday ekan, ularni yordamsiz qoldirmang, Alloh sizdan istayotgandek boʻling, Gʻarb sizdan istayotgandek boʻlmang! Bizni ham, sizni ham Alloh afv etsin, turli yomon fitnalardan asrasin. Bizning bu soʻzlarni ertaga albatta eslaysiz, biz bu ishimizni Allohga yuklaymiz, U Oʻz bandalarini koʻrib turguvchidir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ

“Ey moʻminlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qiling” [Anfol 24]

Roya gazetasining 2019 yil 10 iyul chorshanba kungi 242-sonidan

Izohlar yo'q