Yurtimizning mustamlakachi kofirlar taʼlimoti bilan boshqarilayotgani uyat va sharmandalik emasmi?!

0
527

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yurtimizning mustamlakachi kofirlar taʼlimoti bilan boshqarilayotgani uyat va sharmandalik emasmi?!

Seshanba kuni AQShning Sudandagi vakili Donalьd But demokratiyaga oʻtish imkoniyatlari taʼminlanishi uchun oʻtish davri Harbiy Kengashidan bir yil ichida hech qanday saylov oʻtkazmaslikni talab qildi. Kengash aʼzosi polkovnik Yosir Ato AQSh vakiliga Ozodlik va Oʻzgarish kuchlarining qonunchilik kengashiga hukmronlik qilishlariga yoʻl qoʻymasliklarini bildirdi hamda Suveren kengashda har qanday teng huquqlilik boʻlishiga qarshi emasliklarini taʼkidladi. (Axborul Yavm, 2019 yil 26 iyun). Oʻz navbatida, AQSh vakili “Xalqaro hamkorlik” tiklanishini Sudanning fuqarolik boshqaruviga oʻtishiga bogʻladi.

Bu haqda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni taʼkidladi:

“Bu mashʼum uchrashuv Amerikaning yurt va fuqaro ishlarini oʻzining malaylari qoʻli bilan nazorat qilayotganiga doir Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining doimiy ogohlantiruvlarini tasdiqlab turibdi. Mana, Harbiy Kengash Bashirning yoʻlini qayta davom ettirib, amerikaliklardan ularning malaylari orqali taʼlimot olmoqda. Bu kengash Bashirning taqdiri nima kechganidan hamda Amerikaga ixlos bilan itoat qilsa ham intiqom gʻazabiga toʻlgan xalq unga qarshi qoʻzgʻalganidan ibratlanmayapti! Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati nafaqat Bashir hukumatini, balki butun Sudan ahlini Amerika tuzoqlaridan koʻp marta ogohlantirib, uning mustamlakachi davlat ekanini, bir malayining agʻdarilishi yoki yurtning vayron boʻlishi uning parvosiga kelmasligini, buyruqlariga itoat qiladigan va manfaatlariga xizmat qiladigan navbatdagi malayni oʻziga topib olaverishini taʼkidlab kelgan”.

Hizbning Sudandagi matbuot bayonotida Amerikaning Sudan ahliga dushman ekanidan ogohlantirildi hamda kim bu davlatga yaltoqlik qilayotgan boʻlsa, u yo xoin yoki nodon ekani taʼkidlanar ekan, jumladan, yana bunday deyildi:

“Amerikalik vakillar hargiz bizning manfaatimiz uchun, daʼvo qilishayotgandek, bizning muammolarimizni hal etish maqsadida kelishmaydi. Kim shunday maqsadda kelishadi, deb oʻylayotgan boʻlsa, demak, u oʻshalar bilan til biriktirayotgan jinoyatchi yoxud gʻirt xomxayol ekan. Amerika mustamlakachi davlat, uni faqat oʻzining manfaati tashvishlantiradi. Axir, Amerika tomonidan boʻlingan Janub davlatchasini boshqarib turgan mana shu kimsa (But) boʻlsa-yu, undan taʼlimot olish uyat va sharmandalik emasmi?! Bu safar u bizga qanday fojealar olib kelarkin?! Sudanni federallik dastagi bilan boʻlib tashlash uchun bu yerda ilmoniy davlatga asos solgan va milliy dialogning muallifi boʻlgan shu Amerika emasmi?! Oʻz taʼlimotlari bilan yurtimizni krizis va balolarga giriftor etgan, hatto dunyoning oziq-ovqat savati, deya baholangan bir yurt iqtisodini xonavayron etgan shu mustamlakachi davlat emasmi?! Unutmang, Amerika musulmonlarga hargiz yaxshilik keltirmaydi. Alloh Taolo bunday degan:

 مَّا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَلاَ الْمُشْرِكِينَ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْكُم مِّنْ خَيْرٍ مِّن رَّبِّكُمْ

“Na ahli kitoblardan boʻlgan kofirlar va na mushriklar sizga Robbingiz tarafidan bir yaxshilik tushishini istamaydilar. Alloh esa rahmat-marhamatini oʻzi xohlagan kishilarga xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir” [Baqara 106]

Amerika hozir Bashirdan keyin oʻziga yangi qul kasb qilish tashvishida yuribdi. Kasb qilgach, unga maʼlum vazifa yuklaydi… Yangi qul oʻz vazifasini bajarib boʻlgach, Amerika vaqt oʻtib uni ham tarix axlatxonasiga uloqtirib yuboradi. Bashir Amerikaning Sudandan iqtisodiy sanktsiyalarni olib tashlashi toʻgʻrisida bashorat qilib, “biz Amerikaning iqtisodiy sanktsiyalarni olib tashlashi, Tramp davrida munosabatlarimiz rivojiga eshik ochadi, degan umiddamiz”, degan edi. (Sudaniy gazetasi, 2017 yil 22 yanvar). Qani endi oʻsha Bashir?!”.

Matbuot bayonoti soʻnggida Sudan ahliga murojaat qilinib, yelkalariga tushgan vazifa bunday eslatildi:

“Bashir agʻdarilgandan keyin bugun Sudan ahli yelkasidagi vazifa mustamlakachi ajnabiylar aralashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda mustamlakachi va ularning elchilari bilan aloqa qilayotgan rasmiy doirani fosh qilishdan iboratdir. Bu kabi rahbar doiralar haqida Alloh Taolo

 فَتَرَى الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يُسَارِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَى أَن تُصِيبَنَا دَآئِرَةٌ

“Bas, Siz dillarida maraz boʻlgan kimsalarning – bizga biron balo yetishidan qoʻrqamiz, deya (kofirlar) tomon shoshayotganlarini koʻrasiz” [Moida 52]

degan. Sudan ahli zulm daf etiladigan va barcha muammolar hal boʻladigan haqiqiy oʻzgarish qilmogʻi darkor. Bunday oʻzgarish esa, Allohning Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq etilajak hukmini barpo etish bilan boʻladi. Chunki ushbu davlatgina hamma ishlarni quyidagi kalom sohibi Allohning hukmiga topshiradi:

 فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً

“Biron narsa haqida talashib qolsangiz, – agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz – u narsani Alloh va Rosuliga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir” [Niso 59]”

Roya gazetasining 2019 yil 3 iyul chorshanba kungi 241-sonidan

Izohlar yo'q