Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati namoyish uyushtirib, xolis mujohidlarni qoʻllab-quvvatlamoqda hamda Sohil frontini ochishga chaqirmoqda
Hizb ut-Tahrir va uning ansorlari xolis mujohidlarni qoʻllab-quvvatlash va Sohil frontini ochishga targʻib qilish namoyishini uyushtirdilar. Dana shahrida va Shimoliy Idlib yaqinidagi Dayri Hasson qishlogʻida boʻlgan ushbu namoyishda qatnashchilar turli plakatlar koʻtarib chiqishdi. Ularning birida “Ey xolis mujohidlar, biz sizni doim kuzatib, havas qilamiz va gʻalabalaringizga xursand boʻlamiz, zaif qurollaringiz bilan yer yuzidagi eng kuchli dushmanlarga qarshi turishingizning oʻzi maqtov uchun kifoya”, deb yozilgan. Yana birida “Alloh izni ila mujohidlar gʻalabalari aslo Idlib oldida toʻxtab qolmaydi, balki Sohil va Damashqqa qadar davom etadi”, deyilgan. Yana bir plakatda bunday deyilgan: “Turkiya roli kundek ravshan boʻldi-qoldi: ayollar, bolalar va qariyalar qirgʻiniga kafillik”. Boshqa bir plakatda yarashuv va muzokaralar toʻkilgan qonlar va qurbonliklarni zoye ketkazadi, deyilgan.
Roya gazetasining 2019 yil 26 iyun chorshanba kungi 240-sonidan