Xalq hokimiyati – yolgʻon fikr

731
0

Demokratiya “saboqlari”:

Xalq hokimiyati – yolgʻon fikr

 Demokratiyaning qisqacha taʼrifi – “xalq hokimiyati”dir. Bu – xalq hayot uchun oʻzlari qonunlar ishlab chiqib, hayotlarida shu qonunlarni tatbiq qilib yashashadi, degan maʼnoni anglatadi. Bu fikrning qanchalik yolgʻon ekanligini Qirgʻizistondagi voqealarga bogʻlash orqali koʻrib chiqamiz.

1.    “Qirgʻiziston respublikasi ishtirokida tuzilgan va qonunda belgilangan tartibda kuchga kirgan xalqaro shartnomalar, shuningdek, xalqaro huquqning umumiy tarzda tan olingan tamoyil va meьyorlari Qirgʻiz respublikasi huquqiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi (QR konstitutsiyasi 6-modda, 3-punkt).

 Aslida yuqorida keltirilgan qonun bugungi kunda dunyoga hukmronlik qilayotgan mustamlakachilik tuzumiga qullik qilishni anglatadi. Biroq, Qirgʻiziston xalqi bu qonunni qabul qilishda ishtirok etish u yoqda tursin, hatto uni tushunmagan ham. Shunga qaramay, bu qonun konstitutsiyaga kiritilgan. Bu qonunni Qirgʻiziston xalqi, hatto deputatlari ham ishlab chiqmagan, buni mustamlakachilar xalqaro tashkilotlar orqali majburlab tiqishtirishgan. Qani bunda xalq hokimiyati?

 2. Demokratiya xalq hokimiyati emas, u kapitalizmdir. Sotsialistik davlat qulab, kapitalizm kelganida “davlat mulkini xususiylashtirish qonuni”ni ayrim rahbarlardan boshqa koʻpchilik tushinmagan. Kapitalistik mustamlakachi davlatlar mamlakatimizni kapitalistik davlatga aylantirib, oʻzlariga malay boʻlgan kapitalistlarni hokimiyat tepasiga qoʻyib, tabiiy boyliklarimizni tashib ketish uchun mana shu qonunni ishga solishganini xalq tushinmagan. Biroq, bu qonun qabul qilingan. Buning natijasida mamlakatda toʻplangan xalq boyligi xususiylashtirish orqali oʻsha vaqtdagi yetakchilarning shaxsiy mulkiga oʻtib ketdi. Bu yetakchilar hokimiyatni qoʻlga kiritish bilan birga boyliklarni ham egallab yangi kapitalistlar boʻlib olishdi va to bugungi kunga qadar hokimiyat ularning oʻrtasida qoʻlma-qoʻl boʻlib aylanib yuripti. Ijroiy hokimiyatda ham, parlamentda ham, sud tizimida ham oʻshalar oʻrnashib olgan. Qonunlarni oʻz manfaatlariga moslab chiqarishadi va oʻz manfaatlariga muvofiq tatbiq qilishadi. Ayrim oʻzgarishlarni hisobga olmaganda, oʻsha vaqtda boyib, hokimiyatga kelib olganlar xali ham hokimiyatda yoki ularning farzandlari hokimiyat tepasida. Qani bu yerda xalq hokimiyati?

 3. Yuqoridagilardan maʼlum boʻlganidek, hayot maydonida xalq qonun ishlab chiqishda ishtirok etolmaydi, hatto oʻz irodalariga qarshi kelgan qonunlarga ham – parlament nomi bilan – itoat qilishga majbur. Xalq bundan gʻazablana boshlaganda kapitalistlar aldashning boshqa yoʻliga oʻtishadi. Yaʼni, tizimni oʻzgartirmaguncha yashash sharoitimiz oʻzgarmaydi, deya boshlashadi. Bunda prezidentlik boshqaruvdan prezidentlik-parlament (aralash) boshqaruviga yoki toʻliq parlament boshqaruviga oʻtishni nazarda tutishadi. Aslida bularning barchasi barobar demokratiya niqobiga oʻralgan kapitalistik boshqaruv formalari boʻlib, ezilgan xalqqa tasalli berish orqali yana qayta kapitalistlarni hokimiyatga kelishini kafolatlaydi. Masalan, Asqar Akayev yakka hukmronligini mustaxkamlash uchun “afsonaviy parlament”ni tarqatib, qoʻsh palatali parlament tashkil qildi. Keyinchalik, xalqni zulmdan chalgʻitish uchun III chaqirilishda bir palatali parlamentga partiyaviy roʻyxat bilan kelishni kirgizib, oʻgʻil-qizining “Olgʻa Qirgʻiziston” partiyasini olib keldi. (Biroq, bu uni qulashiga sabab boʻldi). Keyin Bakiyev barcha ayblarni akayevcha tizimga agʻdarib parlamentga toʻliq partiyaviy roʻyxat bilan kelishni kiritdi. Parlamentga uning “Akjol” partiyasi keldi. Biroq, xech narsa oʻzgarmadi, hokimiyat zulmi eski holicha qoldi. Bakiyev qulaganidan keyin Muvaqqat hukumat barcha ayblarni bakiyevcha tizimga toʻnkab, “aralash boshqaruv”ni joriy etdi. Bu “aralash” ham boshqalaridan farq qilgani yoʻq. VI chaqirilishdagi parlamentning Atambayev hokimiyatini qoʻllashi orqali hokimiyatdagi kapitalistlar oʻz manfaatlarini himoya qilishdi. Endi boʻlsa xuddi oʻsha parlament Jeenbekov hokimiyatini mustahkamlayapti va shu orqali hokimiyat tepasidagi kapitalistlar oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarishmoqda.

 4. Demokratik boshqaruvda (yaʼni, xalq hokimiyatida) hokimiyat bir qoʻlda jamlanmasligi kerak deyishadi. Bu ham yolgʻon. Chunki, hokimiyat tabiati uning jilovi bir kishining qoʻlida boʻlishini talab qiladi. Shuning uchun ham hayotda bir davlatda faqat bitta rahbar boʻlganini koʻramiz. Shu sababli demokratik boshqaruvda prezidentlik formada hokimiyat prezident qoʻlida jamlansa (aralash boshqaruvda ham shunday) parlamentlik formada bosh vazir qoʻlida jamlanadi. Masalan, Akayev 15 yillik boshqaruv davrida hokimiyatni mahkam ushlab qolish uchun konstitutsiyaga 5 marta oʻzgartirish kiritdi. Bakiyev hokimiyat tepasiga kelib, hokimiyat uchun boʻlgan kurashda konstitutsiyaga 2 oyning ichida 2 marotaba oʻzgartirish kiritdi. Uchinchisida yangi konstitutsiya qabul qilindi. Bularning barchasi hokimiyatni bir qoʻlga jamlash uchun boʻldi. 2010-yili Muvaqqat hukumatning konstitutsiyasida unga 2020-yilga qadar oʻzgartirishlar kiritilishi man qilingan edi. Biroq, Atambayev prezidentlikdan ketganidan keyingi hokimiyatining gʻamini yeb 2016-yili konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritdi. Hozir esa ikki kishi boshqaruvchi boʻlishi mumkin boʻlmaganligi sababli Jeenbekov Atambayevning “otaligʻini” bekor qilib, hokimiyat jilovini oʻz qoʻliga oldi. Bulardan koʻrinib turganidek, xokimiyat jilovining bir qoʻlda jamlanmasligi – boʻlmagan gap. Kim kuchli yetakchi boʻlsa hokimiyat jilovini shu odam qoʻlga oladi, kim zaif boʻlsa uning hokimiyati boshqalar oʻrtasida boʻlinib ketadi, oqibatda u qulaydi yoki parda ortidagi kuchli yetakchining qoʻgʻirchogʻi boʻladi.

 5. Xalq hokimiyati amalga oshishi uchun hokimiyatning uch boʻgʻini – ijroiy organ, qonun chiqaruvchi va sud – mustaqil boʻlishi kerak deyishadi. Bu ham boʻlmagan gap. Yuqorida parlamentni ijroiy hokimiyatga qanchalik bogʻlik ekanligini aytib oʻtdik. Endi sud tarmogʻiga toʻxtaladigan boʻlsak, uning qaramligi parlamentnikadan ham oshib tushadi. Chunki, u parlament kabi jamoiy birlashma emas, unda yakka shaxslar xizmat qilishadi. Ularni ishlatish ancha oson. Sababi parlamentda shaxsiy manfaatlardan tashqari jamoiy manfaatlar ham boʻladi. Sudlarda esa alohida odamlarning shaxsiy manfaatlarigina mavjud.

 Agar sud bilan parlament davlat rahbariga qarshi chiqayotgan boʻlsa, demak, bu holda ular boshqa bir yetakchini tanlayotgan boʻlishadi.

 Ehtimol biror kishi yuqoridagi fikrlarga qarshi “Demokratiya rivojlangan davlatlarda bunday emas, bizda demokratiya rivojlanmayapti” deyishi mumkin. Biroq, buni aytayotgan odam yaxshilab kuzatsin, shunda ularda ham demokratiya bilan niqoblangan kapitalizm hukmronlik qilayotganini koʻradi.

 Ey Qirgʻizistonning musulmon siyosatchilari! Ehtimol sizlar shu demokratiya asosida bajarayotgan ishlaringizni xalqimiz uchun foydali deb qilayotgandirsizlar. Biroq, xalqqa nima foydali ekanligini Yaratgan Alloh yaxshiroq biladi. Shu sababli siyosiy ishlaringizda oʻz dininglarga murojaat qilinglar!

 Ey Qirgʻizistondagi musulmon xalqimiz! Ana bu siyosatchilarning demokratiya asosida qilayotgan ishlariga ergashib ketavermay, ularni Islom asosida muhosaba qilinglar, chunki sizlar musulmonsizlar! Mustamlakachi Gʻarb olib kelib tiqishtirgan demokratiya degan katta yolgʻonga aldanib yuravermanglar. Hozir butun dunyo xalqi mana shu yolgʻon demokratiya niqobiga oʻrangan kapitalistik tuzum ostida ezilmoqda.

Endi biz musulmonlar, bu buzuq, zolim kapitalizm tuzumini qulatib oʻrniga Islomimizni olib kelishimiz kerak! Buning uchun Islomni oʻrganib, fikriy-siyosiy kurashga kirishaylik, chunki, Rasul Akram sallollahu alayhi va sallam Islom hokimiyatini shu yoʻl bilan tiklaganlar.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.