Turkiyaning Rossiyadan S-400 kompleksini sotib olishi va bu masalaning qanday tugashi toʻgʻrisidagi bahslar haqiqati

0
483

Turkiyaning Rossiyadan S-400 kompleksini sotib olishi va bu masalaning qanday tugashi toʻgʻrisidagi bahslar haqiqati

Ilaf sayti (hijriy 1440 yil 4 shavvol, milodiy 2019 yil 7 iyun juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“AQSh Mudofaa vaziri yordamchisi Ellen Lordning taʼkidlashicha, agar Turkiya 31 iyulgacha S-400 kompleksini sotib olishdan voz kechmaydigan boʻlsa, Qoʻshma Shtatlarda Gʻ-35 samolyotlari boʻyicha mashqdan oʻtayotgan turkiyalik uchuvchilar Qoʻshma Shtatlardan chiqarib yuboriladi hamda Gʻ-35 samolyotlari qismlarini ishlab chiqarish uchun turk kompaniyalariga berilgan subpudrat shartnomasi bekor qilinadi.

Amerikaning bu pozitsiyasi, turk prezidenti Rajab Toyyib Erdoganning yangi bayonotidan uch kun oʻtib bildirildi. Bayonotda Erdogan Rossiyadan raketa tizimini sotib olishdan voz kechmaganini bildirib, Turkiyaning AQShdan Patriot nomli raketalarga qarshi sistemani sotib olishi toʻgʻrisidagi shartnoma agar Rossiyadan S-400 kompleksini sotib olish shartnomasida kelgan narsalar bilan raqobat qiladigan boʻlsa, u holda Turkiya AQShdan “Patriot” nomli raketalarga qarshi mudofaa tizimini sotib olish toʻgʻrisida oʻylamasligini taʼkidladi”.

Roya gazetasi sharhi:

“Ushbu bitimning amalga oshish yoki oshmasligiga kelsak, bu masalada quyidagi ishlardan biri boʻlishi mumkin:

a)    Turkiya Amerikaga ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan mustahkam bogʻlanib qolganligi eʼtiboridan, bitimni amalga oshirmaydi. Balki S-400 bitimi oʻrniga, Rossiyadan vertolyotlar kabi taktik qurollarni sotib olishi mumkin. Chunki bu kabi taktik qurollarga Amerika ham, NATO ham dushmanona reaktsiya bildirmaydi. Shundan keyin Turkiya Amerikadan oʻz xavfsizligini himoya qiladigan mudofaa uskunalarini olishi mumkin…

b)    Yoki amerikaliklar “yunoncha yechim”ni taklif qilishlari mumkin. Yaʼni, bu rus raketalari omborga tashlanib, zang bosib yotadi. Oʻrniga Qoʻshma Shtatlardan uch yarim milliard dollar miqdoridagi “Patriot” raketa kompleksini sotib oladi…

v)    Yoxud ruslarning jahlini chiqarmaslik uchun bu kompleksni uchinchi davlatga, yaʼni Hindistonga oʻtkazib yuborish ham mumkin. Chunki Hindiston Xitoyni blokada qilish uchun Amerika strategiyasi boʻyicha ketmoqda.

Kuchliroq ehtimolga koʻra, birinchi (a) bandida aytilgan ishlar amalga oshishi mumkin. Chunki ayni masala bilan bogʻliq doiralardan yangrayotgan hozirgi bayonotlar shuni koʻrsatmoqda. Patrik Shenaxenning 4 apreldagi bayonoti bunga misol boʻla oladi. Bundan tashqari, Rossiya Bosh vazirining harbiy sanoat masalalari boʻyicha oʻrinbosari “Bizda Turkiya S-400 bitimidan ortga tisarilishi mumkin, degan hech qanday xavotir yoʻq”, dedi. (Al-Jazira, 2019 yil 3 aprel). Shuningdek, Al-Jaziraning oʻsha kunning oʻzida tarqatgan mana bu xabari: “Rossiya Dumasidagi mudofaa qoʻmitasi raisi Vladimir Shamanov Turkiyaning S-400 bitimidan ortga tisarilishi mumkinligini eʼtibordan soqit qilmadi”. Yana arab tilida chiqadigan Hadas gazetasining 2019 yil 4 apreldagi mana bu xabari: “Turkiya Vashington bilan birga Rossiyaning S-400 raketa kompleksi xavfini muhokama qiladigan ishchi guruh tuzishga chaqirdi”. (Al-Jazira 2019 yil 4 aprel). Bu bayonotlarning barchasi Rossiya bilan tuzilgan raketalar bitimini amalga oshirmaslik, yaʼni, bekor qilish bilan bogʻliq birinchi (a) banddagi taxminimizni quvvatlamoqda”. Hizb ut-Tahrir olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning 2019 yil 4 apreldagi savolga javob nashrasidan.

Roya gazetasining 2019 yil 12 iyun chorshanba kungi 238-sonidan

Izohlar yo'q