Livan rejimi suriyalik qochqinlarni qonxoʻr Suriya rejimiga qaytarish maqsadida ularga tazyiq oʻtkazmoqda

303
0

Livan rejimi suriyalik qochqinlarni qonxoʻr Suriya rejimiga qaytarish maqsadida ularga tazyiq oʻtkazmoqda

Nidou Suriya sayti (hijriy 1440 yil 18-Ramazon, milodiy 2019 yil 23 may payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Livan Vazirlar kengashi suriyalik qochqinlarga belgilangan soliqlarni yana-da oshirish imkoniyatini muhokama qildi. Vazirlikdagi bir manbaga koʻra, bu narsa qochqinlarga bosimni kuchaytirish va Suriya rejimi nazorati ostidagi hududlarga qaytib borishlariga majburlashga qaratilgan tadbir hisoblanadi.

Manbaning taʼkidlashicha, suriyaliklarga belgilangan ayni yangi soliqlar qonuni yaqin kunlar ichida parlamentga taqdim etiladi, parlament uni yana-da qattiqqoʻl boʻlishi kutilayotgan yangi byudjet toʻgʻrisidagi qonun doirasida tasdiqlaydi. Yangi soliqlar qonuni, “orient-news.net” saytiga koʻra, qochqinlarning qonuniy yashash toʻlovlarini kechiktirishlariga qarshi choralarni kuchaytirishni hamda Livandagi qonuniy hujjatlarni toʻla topshirmagan suriyalik tashkilotlarning hammasini yopish va jarimaga tortishni ham oʻz ichiga oladi.

Bu yangi qonunga koʻra, suriyalik qochqinlarni noqonuniy ravishda yoxud qonuniy hujjatlari shu jumladan, qonuniy yashash hujjatisiz ish bilan taʼminlagan har qanday livanlik jarimaga tortiladi. Bularga qoʻshimcha, suriyaliklarning ishlash litsenziyalari toʻlovlari va savdo tochkalari ochish litsenziyalari toʻlovlari oshiriladi.

Hozirda Livanda 1.2 milliondan ziyod suriyalik qochqin ogʻir sharoitlarda va xavfsizlik xizmatlari tazyiqlari ostida yashab kelmoqda. Buni BMT bir necha oy muqaddam ularning vaziyati bundan ham yomonlashishi mumkinligidan, ulardan 69 %i gʻoyat qashshoqlikda yashayotganidan ogohlantirgan edi”.

Roya gazetasining 2019 yil 5 iyun chorshanba kungi 237-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.