Uygʻur ayollarining Xitoy “taʼlim” lagerlaridagi ahvoli
The Independent nashri tarqatgan xabarga binoan Xitoyning qayta taʼlim tarbiya berish lagerlaridagi Musulmonlarning ahvoli nihoyatda ayanchli holda qolmoqda.
29 yoshli Mehrigul Tursun oʻzining boshidan kechirganlarini shunday hikoya qiladi.
“Men ikkinchi marotaba hibsga olindim. Sochlarimni top toza qirib tashlashdi, 4 kun davomida soʻroqqa tutishdi, uzluksiz azobladilar va hatto bir daqiqa uxlagani ham imkon berishmadi. Men bir necha yil mobaynida Misr davlatida taʼlim oldim, oilali boʻldim va ayni damda 3 norasida goʻdaklarning onasiman. Shunga qaramay menga rahm qilishmadi. Men uch oy davomida ayanchli holatlarda turmada yotdim. Bu davr mobaynida 9 nafar ayol hayotdan koʻz yumdi”.
Mehrigul qamoqdan ozod qilingach ming bir azoblar koʻrib, oilasi bilan Xitoydan qochib chiqishga muvaffaq boʻlgan.
Izoh:
Buyuk Ramazon oyi goʻyo bir zumda oʻtib ketdi.
Och nahor qolgan kunlar, bedor oʻtkazgan tunlar ortda qoldi. Kimdir oʻz ibodatlaridan rozi boʻlgan boʻlsa, yana kimdir Alloh nazdida qilgan xatolariga achindi, pushaymon boʻldi.
Kufr olami moʻʼtadil Islom tarafdorlari orqali Musulmonlarning hayit bayramini ham azaga aylantirdi. Ammo hayot oʻz maromiga davom etaverar ekan, qalbida zarracha iymoni bor inson, har kuni oʻz huzuru halovatidan tashqari boshqa musulmon birodari xususida ham, uning hol-ahvolidan ham xabardor boʻlgisi keladi. Biz ayollar dasturxon arofida farzandlarimiz diydoriga toʻyib kun kechirayotganimizda, boshqa mamlakatda zulmu zoʻravonlik qurboni boʻlayotgan Opa-singlillarimiz haqida andisha qilishimiz zarur. Ularga yordam berish toʻgʻrisida tafakkur qilishimiz lozim.
Kufr belgilagan minglagan toʻsiqlar va chegaralar ortida Musulmon birodarlarga nisbatan zulm hali hanuz davom etmoqda. Misol uchun, Xitoy mushrik mamlakati oʻzining bor quvvatini ishga solib Musulmonlarga maʼnaviy va jismonan zarar yetkazyapti.
Nima uchun aynan Xitoydagi musulmonlar ahvolini bot-bot yodga solamiz? Chunki, aynan Xitoy bir qurt qumursqalar singari Oʻrta Osiyo davlatlarga iqtisodiy, ijtimoiy yurish boshlagan. Aynan oʻsha mushrik mamlakatning haqiqiy basharasini eslatib oʻtmoqchimiz.
Kelasi hafta Oʻrta Osiyo boʻylab oʻzining navbatdagi sayohatini boshlayotgan Xitoy rahbari Si Tszinьpin ham shubhasiz kufr olami uchun manfaatli, biroq Islom va musulmonlarga zararli boʻlgan qora niyatli loihalar bilan tashrif buyurishi muqarrar.
BMT tashkiloti hisobotiga koʻra, ayni damda Uygʻur avtonom jumhuriyatida yarim millionga yaqin uygʻur musulmonlari Xitoy hukumati lagerlarida ogʻir sharoitlarda saqlanmoqda.
Aziz Musulmonlar!
Agar Allohdan qoʻrqsangiz haq rost qoʻrqish bilan qoʻrqing, hargiz qilgan savob amallaringizni koʻp sanab xotirjam boʻlmang. Uygʻur birodarlar jismimizning bir boʻlagidir. Omma orasida targʻibot ishi olib boraylik. Yovuz niyatli dushmanni quloch ochib, kutib olayotgan gʻofil rahbarlarimizga nasihat qilaylik. Qalbingizga oʻtkinchi arzimas dunyo muhabbatini emas, abadiy saodat kafolati boʻlmish Jannat muhabbatini jo qiling. Shariatga xizmat qilmagan jism, Xudo koʻrsatmasin, ertaga Qiyomat kunida bizning zararimizga guvohlik brishini mumkin. Unutmang, qalbida din gʻami boʻlmagan qalb, gʻofil qalb boʻlib, bir parcha foydasiz goʻshtdan boshqa narsa emas, taqvo qiling.
Munavvara