Tramp Britaniyani YeIga qarshi gij-gijlamoqda

526
0

Tramp Britaniyani YeIga qarshi gij-gijlamoqda

Donalьd Tramp 3-iyunda Britaniyaga safar qiladi. Tramp mazkur safari oldidan bir nechta gij-gijlovchi bayonotlar berdi.

Tramp “Sunday Times” gazetasiga bergan intervьyusida, Britaniya hukumatini Brekzit masalasida Yevroittifoqini yon berishga majburlashga chaqirdi. Agar Yevroittifoqi yon berishga bormasa, hech bir shartnomasiz Yevropa ittifoqidan chiqib ketishni taklif qildi. Trampning fikricha, Britaniya YeIni Yevroittifoqidan chiqishi bilan bogʻliq harajatlarni toʻlamay qoʻyish bilan qoʻrqitishi kerak. Bu harajatlar 50 milliard dollarga yetishi aytilyapti.

Shuningdek, Tramp “Britaniya hukumati boʻyicha muzokarlarga Nayjal Farajni qoʻshmay yanglishdi” dedi. Nayjal Faraj avval “Britaniya mustaqilligi” partiyasi raisi boʻlgan, hozir “Brekzit” partiyasining yetakchisi. “Brekzit” partiyasi yaqinda boʻlib oʻtgan Yevroparlament saylovlarida Britaniyada gʻolib chiqdi.

AQSh Yevropa ittifoqini qudratli boʻlishini istamaydi, aksincha uni tarqatib yuborishga intiladi. YeI qudratli boʻlsa shubhasiz AQSh “nazoratidan” chiqib ketadi. Shu sababli, AQSh Britaniyani Yevroittifoqdan chiqishga undab, bu virus (Brekzit)ni YeIning boshqa davlatlariga ham yuqtirishga intilmoqda. AQSh prezidenti maslaxatchisi Jon Bolton bunday dedi: “AQSh Britaniya xalqi talab qilgan va Yevroittifoqdan chiqish yoʻnalishga rioya qilishini qoʻllaydi. Bu har bir davlatga demokratiya tantanasi uchun ibrat boʻladi”. (TASS, 01.06.19).

Bundan tashqari, qudratli Yevropa NATO tarkibiga kirmagan alohida armiya tuzishi shubhasiz. Zotan bu sohada harakatlar boshlangan. Aslida AQSh mudofaa sohasida Yevropani NATO orqali kishanlab oldi. Shu sababli AQSh YeI zaiflashtirib, Yevropani kishanlagan NATOni saqlab qolishga eʼtibor qaratadi. Jon Bolton Brekzit NATOni mustahkamlashga yordam berishini taʼkidlab: “Mening fikrimcha bu narsa (Brekzit) ayniqsa NATOda bizga yordam beradi”, – dedi. (TASS, 01.06.19).

Bu voqealar pardasida yaqinda boʻlib oʻtgan Yevroparlament saylovlarida YeI qarshi chiqqan partiyalar avvalgi saylovlarga qaraganda bu safar koʻproq ovoz olishdi.

Horun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.