Ey Yaman ahli! Mustamlakachilar yechimini rad etmoq vaqti keldi

0
522

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Yaman ahli! Mustamlakachilar yechimini rad etmoq va bir-biriga qarshi jang qilayotgan nodonlarni tiyib qoʻymoq vaqti keldi

Yamandagi soʻnggi voqealar, shuningdek, Husiylarning dengiz portlariga qayta joylashishi xususida Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot boʻlimi chiqargan matbuot bayonotida bunday deyiladi:

“Yaman ahli malay va qoʻgʻirchoq hokimlar tufayli ulkan balolarga yoʻliqdi. Hokimlar ular chekayotgan mashaqqatlarga eʼtibor bermayapti, nolalariga quloq tutmayapti. Ingliz malaylari Hodiy, Ali Muhsin Axmar hamda ularning izdoshlari mehmonxonalarda rohat va farogʻatda yashayotgan bir paytda, Yaman ahli och, yalangʻoch va qoʻrquvda kun kechirmoqda. Bunga muqobil oʻlaroq Husiylar tekinxoʻrlik qilishmoqda va shimoldagi ularning boshqaruvi ostida boʻlgan kishilarga soliq solish, boj yigʻish orqali kuchini koʻrsatishmoqda hamda insonparvarlik yordamlarini oʻzlashtirib olishmoqda. Ularning yetakchilari esa, rohat farogʻatda yashamoqda.

Shvetsiyada tuzilgan ittifoq qarorlari hanuz ijro qilingani yoʻq. Husiylar jamoasi dushanba kuni Yaman gʻarbidagi Hadida shahri portlariga kuchlarni qayta joylashtirish amaliyoti yakuniga yetganini (yaʼni, oʻzlari chiqib ketishganini) eʼlon qildi. Bu ishlar – BMT Hadidadagi Husiy jangarilari tomonidan qayta joylashtirish amaliyoti qisman amalga oshirilgani toʻgʻrisida bayonot berayotgan hamda Hodiy hukumati bu narsani inkor qilib, uni bir tomonlama harakat, deb ayblagan bir paytda sodir boʻlmoqda”.

Matbuot bayonotida yana taʼkidlanadi:

“Shu narsa aniqki, Husiylar ortida BMT, xususan undagi taʼsir kuchiga ega boʻlgan Amerika turibdi. Britaniya esa, Amerikaga qarshi tuzoq qoʻyib fursat tugʻilishi bilan Yaman yechimiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa-da, Amerika rejasiga koʻra yurishga majbur. Hodiy, uning hukumati, Birlashgan Amirliklar va unga tobe kuchlar Britaniya malaylaridir. Ayni paytda ularning pozitsiyasi zaif, ammo Husiylar pozitsiyasi kuchli. Amerika ularni Yamanda uzoq paytdan beri ildizi kuchaygan Britaniya nufuzini sindirish orqali hokimiyatga olib kelmoqchi”.

Bayonot soʻnggida Yaman ahliga bunday murojaat qilinadi:

“Ey Yaman ahli, hozir biz ushbu muborak oy, Qurʼon nozil boʻlgan va yurtlar fath qilingan ramazon oyida turibmiz. Shunday ekan, mustamlakachi BMT yechimlarini uloqtirib, bir-biri bilan urishayotgan ahmoq taraflarni tiyib qoʻyish vaqti keldi. Shuningdek, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash orqali Allohning shariatini hakam qilishga harakat qilish vaqti keldi. Xalifalik farzlar toji boʻlib, loqaydlik qilmay, uni barpo qilishga shoshilish lozim. Shunday ekan, Robbingizni rozi qiladigan, dushmanlaringizni gʻazablantiradigan hamda siz uchun kuch, hurmat va farovon turmushni roʻyobga chiqaradigan ishga shoshiling”.

Roya gazetasining 2019 yil 22 may chorshanba kungi 235-sonidan

Izohlar yo'q