Qirgʻizistonda Batukayevning ishi nima uchun qayta koʻtarila boshladi?

615
0

Qirgʻizistonda Batukayevning ishi nima uchun qayta koʻtarila boshladi?

2013 yilda Qirgʻiziston turmasidan ozod qilinib, aeroportdan tantanali olib chiqib ketilgan Aziz Batukayevning ishi qayta koʻtarilishining asosiy sababi nimada?

2013 yili Qirgʻizistonda deyarli prezident diktaturasi oʻrnashib borayotgan holatda edi. Yaʼni bu davr sobiq prezident Almazbek Atambayev oʻz klanini hokimiyatga oʻrnashtirib olgan va har bir ish uning nazorati va buyrugʻi ostida amalga oshirilgan bir paytga toʻgʻri keladi. Demak Batukayev prezidentning shaxsiy buyrugʻi bilan turmadan chiqarib yuborilgani ehtimoli deyarli aniq. Buni barcha siyosatchilar va siyosiy elita juda yaxshi biladi. Masalaning siyosiy nuqtasi – bu ish oradan olti yil oʻtib qanday maqsadda qayta koʻtarilayotganidadir.

Shu kunda Atambayev siyosiy faoliyatini toʻxtatib, QSDP partiyasi yetakchiligini topshirdi. Jiyanbekovlar boshchiligidagi yetakchi guruh endi Atambayevga nisbatan quvgʻinni toʻxtatisharmikin? Chunki yangi qonun boʻyicha sobiq prezidentlarning siyosiy daxlsizligi faqat siyosiy faoliyat olib borishsagina oʻz kuchini yoʻqotishi belgilangan.

Batukayev masalasi Qirgʻizistonning ichki ishiga aloqador jinoiy yechim boʻlishiga qaramay, aslida u xalqaro siyosatga aloqador ish boʻlgan. Bu ishning buyurtmachilari Vladimir Putin orqali Ramzan Qodirovga borib taqaladi. Aksincha bunday xalqaro jinoiy amaliyot xamirdan qil sugʻurgandek oson amalga oshirilishi deyarli mumkin emas! Shuning uchun Batukayev ustida borayotgan tergov jarayoni adolatli yakun topishi mumkin emas!

Demak, Batukayev ishi Qirgʻiz yetakchi guruhlari (pozitsiya, appozitsiya) oʻrtasida siyosiy kurash quroli sifatida ishlatilmoqda. Toʻgʻrirogʻi hokimiyat oʻzini muxolif kuchlar yetakchisi deb eʼlon qilgan Atambayevga qarshi qoʻlidagi saltanat quvvatini ishga solib, uni siyosiy hayotdan surib chiqarmoqchi. Balki ozodlikdan mahrum qilishga ham jurʼat qilishi mumkin. Lekin ish Atambayevga bosim oʻtkazgan Putinga yetib bormasligi uchun, menimcha ish shu yerda, yaʼni bir qator jinoyat ijrochilarining qamalishi bilan yakun topadi. Atambayev bor haqiqatni ochib yuborsa, Gʻarb olami Batukayev ishini xalqaro siyosiy maydonda Putinga qarshi olamiy matbuot kurashiga aylantirib yuborishi mumkin. Shuning uchun bu ish Atambayevda yoki undan quyi turgan ijrochi guruh vakillarida toʻxtatilishi uchun, qandaydir qalbaki stsenariy oʻylab topilishi kutilyapti.

Abdurazzoq Moʻmin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.