Rossiyaning Penza shahri maktablarida hijobga chek qoʻyildi

874
0

Rossiyaning Penza shahri maktablarida hijobga chek  qoʻyildi

 Rossiyaning Penza viloyatidagi 20 oʻrta maktabda, oʻquv libosiga oʻzgartirishlar kiritildi. Bundan keyin oʻquvchilarning diniy libosda, shu jumladan hijobda maktabga kelishlari man etiladi. Bu haqida Oktyabr rayon prokuraturasi sayti xabar tarqatdi.

Nazoratchi mutasaddi rahbarlarning taʼkidlashlaricha, davlat sistemasi tarkibidagi taʼlim-tarbiya sistemasi dinni hayotdan ajratish asosiga qurilgan boʻlib, unga muvofiq  maktablardagi har qanday diniy koʻrinish qonunga xilofdir. Prokuraturaga koʻra,   ilmoniy taʼlimga binoan, oʻquv dargohlarida fuqarolar uchun diniy eʼtiqodga amal qilish huquqi berilmagan.

“Asosiy printsiplarni eʼtiborga olib, ekstremistik oqimlarga qarshi kurash maqsadida, shuningdek balogʻatga yetmagan oʻspirin yoshlarni huquq va ozodligini himoya qilgan holda  tuman prokuraturasi ushbu 20 maktab rahbarlari nomiga maxsus topshiriqlar berdi”, —  deyiladi xabarda.

  Yangi qoidadagi oʻzgartirishlarni joriy etish va uni nazorat kilish maqsadida oʻrta taʼlim  maktablarning 12 xodimi qatʼiy ravishda ogohlantirilib, tartib-intizomga chakirildi.

Izoh:

Oʻz yurtimizda, musulmonlar mamlakatida diniy liboslarimizga cheklov qoʻyilgan boʻlsa, endi mushriku nasorolar yashayotgan muhitdan xafa boʻlish arzimaydi.

Oʻtgan oyda hijob  masalasi boʻyicha Oʻzbekistonda sud jarayoni boʻlib oʻtib, musulmonlar ziyoniga hukm  chikarildi.

Ming afsus, Yaratuvchining bir toifa fosiq bandalari oʻtirib olib, Shariat hukmini  bahs mavzusi qilishmoqda, jaholatparast aqidalari bilan ochiq oydin unga qarshi chiqib,  sharʼiy hukmni hayotdan chetlatishmoqchi.

Rasulalloh (s.a.v.) shunday dedilar: – “…Soʻngra boshingizga zoʻravon sulton keladi”.

Biz har qadamda hokimlarning zoʻravonligiga guvoh boʻlyapmiz, ular oʻzlari boshqarayotgan kufr ilmoniy qonunlarini majburiy ravishda bizga tatbiq qilmoqdalar.

Darhaqiqat, ayni zamonda dinni ushlash choʻgʻni ushlash bilan barobar boʻlib qoldi. Ammo oʻsha choʻgʻga sabr qilib qoʻlimizdan uloqtirmasdan, balki Din degan omonatni yer yuzida mashʼal shuʼlasi kabi tarqatish, bizning zimmamizdadir. Qayerda boʻlmang, qaysi holatda boʻlmang, agarda Islomning bironta qadriyatlariga putur yetayotgan boʻlsa, uni himoya qilishga shoshiling!

Ayni shu soatlarga, dinga xizmatchi qilib aynan Sizni tanlagani uchun, Din omonatini posboni oʻlaroq aynan sizga ravo koʻrgani uchun, Qiyomatda choʻgʻ taʼsiridan vujudingizdagi chandiq-jarohatlarni dalil-hujjat sifatida keltirishingiz uchun aynan Sizni ixtiyor qilgan Allohga hamdu sano ayting! Diningizda sobitqadam  turing! Alloh Mehribon va oʻta Odil Zotdir.

Rasulalloh (s.a.v.) sahobalarga shunday dedilar: –  “… Sizlar mening doʻstlarimsiz, ular esa mening habiblarimdir..”.

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.