Hizb ut-Tahrir – Gollandiya delegatsiyasi uygʻur musulmonlarga qarshi yurgizilayotgan repressiv siyosatni qoralash uchun Xitoy elchixonasiga bordi

0
511

Hizb ut-Tahrir – Gollandiya delegatsiyasi uygʻur musulmonlarga qarshi yurgizilayotgan repressiv siyosatni qoralash uchun Xitoy elchixonasiga bordi

Uygʻur musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash kampaniyasi doirasida 2019 yil 10 aprel chorshanba kuni Hizb ut-Tahrir – Gollandiya Gaagadagi Xitoy elchixonasiga oʻz delegatsiyasini yubordi. Bundan maqsad, Xitoy rejimining Sharqiy Turkiston musulmonlariga qarshi yurgizayotgan repressiv siyosatini qoralashdir.

Hizb ut-Tahrir – Gollandiya tomonidan nashr qilingan matbuot bayonotida bunday, deyiladi: “Delegatsiya rasmiy murojaatimizni topshirmoqchi boʻlgan edi, biroq bu mustabid rejim vakillari uni qabul qilishdan bosh tortdi. Hatto bizni soʻroq qilish uchun politsiya ham chaqirishdi. Ammo biz millionlab erkak, ayol va bolalarni harbiy qamoq lagerlariga tashlayotgan bunday rejimdan bundan boshqacha muomala kutmagan edik. Zotan, hozir biz suhbatlashayotgan bir paytda, Sharqiy Turkistonda irqiy “tozalash” amaliyoti ketyapti… Xitoy rejimi uygʻur musulmonlarni Islomlaridan voz kechishga majburlab, vahshiyona suratda repressiya qilyapti… Bu holni butun xalqaro hamjamiyat koʻrib, tomosha qilib turibdi.

Bizning aytar soʻzimiz aniq: balki, hozirda iqtisodiy yoki boshqa sabablarga koʻra uygʻur musulmonlari unutilayotgandir. Lekin biz xalqaro hamjamiyatga shuni taʼkidlaymizki, Islom Ummati uygʻur musulmonlar boshdan kechirayotgan azob-uqubatlarni hargiz unutmaydi. Shu bois, Islom Ummatini oʻzining kuchlarini qayta jamlashi uchun uni yagona Islomiy yetakchilik (Xalifalik) ostiga birlashishga daʼvat qilamiz. Toki, Ummat kuchlarining jamlanishi bilan barchamiz istibdodga uchragan musulmon va gʻayrimusulmonlarga qaytadan yordam berishga qodir boʻlaylik.

Roya gazetasining 2019 yil 24 aprel chorshanba kungi 231-sonidan

Izohlar yo'q