Jeenbekov: Qirgʻizistonda uran qazib olinmaydi

593
0

Jeenbekov: Qirgʻizistonda uran qazib olinmaydi

 Prezident Sooronbay Jeenbekov Qirgʻizistonda uran qazib olinmasligiga vaʼda berdi. U bu haqda konstitutsiyaviy palata sudьyalari bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.

 Avvalroq Bishkekda Qizil-Ompolda geologik qidiruv ishlari olib borilayotgani haqidagi maʼlumotlardan keyin uran konlarini oʻzlashtirishga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtgan. 22 aprelda Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev u yerda barcha ishlarni toʻxtatishga koʻrsatma bergan edi.

 “Biz keyingi  avlodga birdam jamiyat, huquqiy davlat topshirishimiz lozim. Sof, yashil tabiatni asarashimiz lozim. Fursatdan foydalanib shuni aytmoqchimanki, jamiyatda Issiq-koʻl viloyatidagi Qizil-Ompolda uran qazib olish masalasi jiddiy muhokama qilinmoqda. Fuqarolarimiz bu borada tashvish bildirishmoqda”, – degan Jeenbekov. 

 “Aniq aytaman – Qirgʻizistonda uran qazib olinmaydi”, – deb qoʻshimcha qilgan Qirgʻiziston prezidenti.

 Jeenbekovning aytishicha, u 2018 yilda ruxsatnomalar berilishi tizimini batafsil tahlil qilish va inventarizatsiya oʻtkazishni taklif qilgan. Yangi litsenziyalarni berishga taqiqlov kiritilgan.

 Davlat rahbari Qizi-Ompoldagi vaziyatni “togʻ-kon sohasidagi betartiblik, oʻzboshimchalik siyosat natijasi” deb baholadi. Jeenbekovning taʼkidlashicha, mustaqillik yilarida mamlakatda yer qaʼridan foydalanishga 2,5 mingdan koʻproq litsenziya berilgan. Oxirgi 8 yilda bu sohada yuzlab jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan, ular boʻyicha tergovlarning koʻpi yakuniga yetkazilmagan va hozirda bu masala bilan maxsus ishchi guruh shugʻullanmoqda.

 “Yana bir bor qaytaraman: Qizil-Ompolda uran qazib olish ishlari olib borilmaydi. Hukumatning bu masalaga befarq munosabati sababli shunday katta jamiyat rezonansi yuz berdi. Bezovtaliklar boʻsh joyda boshlanmagan. Biz navbatdagi sayyohlik mavsumiga tayyorlanayotganimizda bunday shovqin-suronni mavsumni va sohani barbod qilishga qaratilgan gʻarazli harakat deb baholagan boʻlardim. Shu sababli yurtdoshlarga, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalariga murojaat qilaman: xavotirga hech qanday asos yoʻq”, – deb taʼkidlab oʻtdi Jeenbekov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.