Rossiya Qirgʻiziston va Tojikistondagi harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligini oshiradi

537
0

Rossiya Qirgʻiziston va Tojikistondagi harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligini oshiradi

 Rossiya mudofaa vazirligi Afgʻoniston shimolidan jangarilarning Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari hududiga kirib kelishining oldini olish uchun oʻzining Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligini oshiradi. Bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maʼlum qildi.

 “Bu maqsadlarda Tojikiston va Qirgʻizistondagi Rossiya harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligini oshiramiz, ularning krizis holatlariga shaylik salohiyatini mustahkamlaymiz”, – dedi Shoygu Bishkekda boʻlib oʻtgan ShHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari yigʻilishida.

 U Rossiya mudofaa vazirligi mintaqadagi hamkorlariga qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va ularning jangovar imkoniyatlarini oshirishga yordam berishini qayd etdi.

 Uning soʻzlariga koʻra, Donguz poligonida (Orenburg oblasti) Markaziy Osiyodagi jangovar xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan “Markaz-2019” oʻquv mashqlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mashqlarga ShHT davlatlarining barcha harbiy kontingentlari taklif etilgan, dedi Shoygu.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.