Makron: Siyosiy Islom Frantsiya uchun haqiqiy tahdid tugʻdirmoqda

588
0

Makron: Siyosiy Islom Frantsiya uchun haqiqiy tahdid tugʻdirmoqda

Frantsiyada norozilik namoyishni davom ettirayotgan sariq nimchalilar haqida bayonot bergan prezident Emmanuyel Makron hodisaga umuman aloqasi boʻlmagan Islomni aybladi. Makronning soʻzlariga koʻra, siyosiy Islom Frantsiyaga tahdid solmoqda.

“Siyosiy Islomning barcha turlari, mazhabchilik va davlatimiz bilan aloqani uzgan hamma narsaga qarshi yana ham qattiqroq muomalada boʻlamiz”, dedi Makron oʻz bayonoti davomida.

Frantsiya prezidenti “Milliy muzokaralar” yigʻilishida ilmoniylik masalasi kun tartibiga qoʻyilganligiga ishora qilar ekan, 1905 sonli ilmoniylik qonuni samara berganligini va bu qonunning ijrosi davom ettirilishi kerakligini taʼkidladi.

Makron va shunga oʻxshaganlar oʻzlari uchun tahdid sifatida koʻrayotgan “Siyosiy Islom”  butun dunyo Musulmonlarini birlashtiradigan xalifalik davlati ekanligi kundek ravshan. Makronning “siyosiy Islom”ni tahdid deb atashi bejiz emas. Chunki Xalifalik davlati tiklanganda, bu mustamlakachi kofirlar Islom oʻlkalaridan quvilishini, talon-taroj qilayotgan boyliklardan mosuvo boʻlishini hamda siyosiy va iqtisodiy mustamlakalariga nuqta qoʻyilishini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham siyosiy Islom, yaʼni Islomiy boshqaruv tizimi Gʻarb kofirlari va ularning mahalliy hamkorlari nazarida ulkan tahdid sifatida koʻriladi.

Aslini olganda butun insoniyat uchun haqiqiy tahdid Islom emas, Gʻarb olgʻa surayotgan va Islom olamiga majburan tiqishtirayotgan kapitalizm mabdasidir. Bu mabdaning zulmidan nafaqat Musulmonlar, balki butun dunyo aziyat chekmoqda. Bugungi Insoniyatning dunyodagi ahvoli bunga yorqin dalildir. Frantsiyadagi sariq nimchalilar Islomdan emas, kapitalizmdan bezib koʻchalarga chiqishmoqda. Inson buni anglash uchun siyosatchi yoki bilimdon boʻlishi shart emas, buning uchun biroz fikr yuritishning oʻzi kifoya.

Qiyomuddin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.