Bishkekda Markaziy Osiyodagi “ekstremizm” bilan kurash strategiyasi muhokama qilindi

464
0

Bishkekda Markaziy Osiyodagi “ekstremizm” bilan kurash strategiyasi muhokama qilindi

Bishkekda “Markaziy Osiyodagi “ekstremizm” bilan kurash boʻyicha liderlar muhokamasi” nomli loiha asosidagi yigʻin boʻlib oʻtdi. Yigʻin Qirgʻiziston diniy ishlar boʻyicha komissiyasi tomonidan uyushtirildi.

Diniy komissiyaning aytishicha, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston Tojikiston va Oʻzbekistondan vakillar qatnashgan bu yigʻin “radikalizm va ekstremizm”ga qarshi mintaqada konsultativ ishchi guruhi tuzish maqsadida uyushtirilgan.

Oxirgi yillarda xalqaro siyosatda Islom va Musulmonlarga nisbatan strategik global oʻzgarishlar roʻy beryapti. Jumladan Oʻrta Osiyo davlatlarida ham, moʻʼtadil islomiy muhit paydo qilish va uni davlatlar oʻz nazorati ostida boshqarib borish strategiyasi asosida siyosat olib borilmoqda.

Ular mamlakatdagi barcha diniy arboblar, imom va ulamolarni birma-bir roʻyxatdan oʻtkazib, baʼzilarini hamkorlikka chaqirgan boʻlishsa, baʼzilarini shunchaki jamiyatdan chetlatib qoʻyishdi. Maqsadlari mamlakat organlari bilan diniy arboblar hamkorligidagi buzuq islomiy muhitni paydo qilishdir!

Shu maqsadlari yoʻlida ularga rozi boʻlgan diniy arboblar uchun turli imtiyozlar (stependiyalar, sanatoriyalarga bepul putyovkalar) yaratib berishdi. Ularga atayin teologik (dinni ilmiy asosdagi talqini) asosda oʻquv kurslarida taʼlim berishyapti. Shuningdek dinni taʼvil qilishlarida ularga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan barcha shaxs va jamoalarni bartaraf qilish yoki vaqtincha izolyatsiyalab turish ishlari davlat kuch tizimi xodimlari zimmasiga yuklatilgan.

Yuqoridagi anjumanda “moʻʼtadil Islomchilar” uchun yangi imkoniyatlar paydo qilish va haqiqiy (Mabdaiy) Islomiy muhitga, uni koʻtarayotgan xolis musulmonlarga qarshi birlashuv asosida chora tadbirlar olib borish masalasi koʻrib chiqildi. Yaʼni Islom daʼvatchilari uchun toʻsiqlar nafaqat oʻz mamlakatlarida, balki Oʻrta Osiyo mamlakatlarining barchasida birdek paydo qilinishiga kelishib olishga harakat boshlandi. Bundan tashqari ular oʻzaro maslahat kengashi tuzib, botil loihalarini amalga oshirishda bir birlari bilan tajriba almashish va hamkorlik qilishga ham kelishib olishdi.

Birodarlar, kufr bilan Islomni aralashtirish yoki kufrni himoya qilish uchun Islom dinidan foydalanish harom, balki kufr deb eʼtibor qilinadi. Baʼzi bir islomiy koʻrinishlardan tuygʻulanish bilan chalgʻib, kufrga rozi boʻlib iymonimizni boy berib qoʻyishdan ehtiyot boʻlaylik. Chunki kufr Islom yurtlarida oʻz kufrini ochiq namoyon qilib faoliyat olib bora olmay qoldi. Shuning uchun arzimas dunyo matohlari bilan oramizdagi Islom bilan obroʻ topgan shaxs va jamoalarni oʻz domiga tortib, ular orqali yurtlarimizda kufrning umrini uzaytirmoqchi boʻlishyapti. Haqiqiy islomiy oʻygʻonishni oldini olishda bizdan qurol sifatida foydalanmoqchi! Ular bizga islomiy ruhiy qadriyatlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib berib, buning evaziga bizdan ummatni siyosiy tafakkuridan chalgʻitib berishni talab qilishadi. Vaholangki Islom bizni hayotimizning barcha jabhalarini toʻla boshqarish uchun Alloh tomonidan Rosululloh sollollohu alayhi vasallam orqali yuborilgan dindir!  Bu Mabda (olamiy boshqaruv sistemasi) bundan boshqacha boʻlishi mumkin emas! 

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.