Hizb ut-Tahrir – Gollandiya siyosiy seminar oʻtkazdi

0
550

Hizb ut-Tahrir – Gollandiya siyosiy seminar oʻtkazdi

Hijriy 1440 yil 24 rajab, milodiy 2019 yil 31 mart yakshanba kuni Hizb ut-Tahrir – Gollandiya Xalifalik agʻdarilganining 97 yilligi xotirasi munosabati bilan Hizb tomonidan olib borilayotgan xalqaro tadbirlarning bir qismi sifatida Amsterdamda siyosiy seminar uyushtirdi. “Aksilislomiy siyosat bor ekan, aslo tinchlik yoʻq” nomli ayni seminar Qurʼoni Karim oyatlarini tilovat qilish bilan boshlandi. Soʻng Hizb ut-Tahrirning Gollandiyadagi matbuot vakili ustoz Okay Pola maʼruza qilib, Islom va musulmonlarga qarshi siyosatning kelib chiqishi va kelib chiqish sabablari hamda bu siyosatning mustamlakachi kofir olib borayotgan “terrorizmga qarshi kurash” siyosati bilan chambarchas bogʻliqligi haqida soʻz yuritdi. Ustoz maʼruzasi quyidagicha mazmunda boʻldi: Bizning oʻz haq-huquqimizni talab qilishimiz kifoya emas, biz musulmonmiz, haq dinga eʼtiqod qilganmiz, bas, shunday musulmonlar sifatida, oʻz shaxsiyatimizni avaylab asramogʻimiz darkor. Shu bilan birga, chirib borayotgan kapitalistik tsivilizatsiyaning alьternativi sifatida Islomga daʼvat qilmogʻimiz lozim. Binobarin, musulmonlar azob-uqubatlarining yanada oshishi va ularga nafrat bilan qarash kayfiyatini kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan chora-tadbirlar va qonunlarni tanqid qilishimiz zarur.

Seminarning ikkinchi boʻlimida ayrim taklif va savollar muhokama qilindi. Jumladan, Gʻarbda sistematik ravishda olib borilayotgan aksilislomiy siyosatga nisbatan qanday munosabatda boʻlish va unga qanday javob qilish lozimligi haqida, shuningdek, bu muammolarga qarshi musulmonlarning birligi ne chogʻlik ahamiyatliligi xususida. Shu bilan birga, bunga javob bermaslik va eʼtibor qaratmaslik kerak, deya bildirilayotgan fikrning naqadar xatarli ekani ham bayon qilindi.

Roya gazetasining 2019 yil 11 aprel chorshanba kungi 230-sonidan

Izohlar yo'q