Sharqiy Turkistondagi dindoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun Hizb ut-Tahrir delegatsiyalari Xitoy elchixonalariga bordi

508
0

Sharqiy Turkistondagi dindoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun Hizb ut-Tahrir delegatsiyalari Xitoy elchixonalariga bordi

Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning topshirigʻi asosida, Hizb delegatsiyalari butun dunyo boʻylab, Xitoy elchixonalariga bordi. Delegatsiyalar elchixonalarga Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi tomonidan chiqarilgan “Xalifalik Sharqiy Turkistonni ozod qiladi va uygʻur musulmonlarini jinoyatkor Xitoy zulmidan xalos qiladi” nomli matbuot bayonotini topshirdilar. Bu tadbir Sharqiy Turkistondagi mazlum dindoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun Hizb boshlagan xalqaro kampaniya doirasida amalga oshirildi.

Matbuot bayonotidan iqtibos:

“… Xitoy rejimi diniy marosimlarga taqiq qoʻyish, masjidlarni yopish, muborak ramazon oyida roʻza tutishni taqiqlash va Islomning har qanday koʻrinishiga qarshi urush ochish orqali musulmonlarni dindan chiqarishga urinmoqda. Hatto ish shu darajaga yetib bordiki, Xitoy rejimi “terrorizmga qarshi kurash” nomi ostida boshlagan ishlari doirasida milliondan ortiq musulmonni hibsda saqlashga moʻljallangan ulkan qamoq lagerlarini barpo qildi. Ularning daʼvo qilishicha, bu lagerlar musulmonlarni “qayta tarbiyalash” maqsadida barpo qilingan.

Musulmonlar bu zulm va adolatsizlikka sukut qilib, uxlab yotavermaydilar. Zero, ular bugun boshlaridan kechirayotgan “qoqilish” yoz faslidagi bir oʻtkinchi bulutdek holatdir. Yaqinda Alloh izni ila tiklanajak Paygʻambarlik minhojidagi roshid Xalifalik Sharqiy Turkistondagi mazlum birodarlarimizga albatta yordam beradi va ularga zulm va adovat qilgan har bir kimsadan albatta hisob soʻraydi. Rosululloh ﷺ dedilar:

“إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يٌقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ”

“Imom bamisoli bir qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, deganlar. Oʻshanda na Xitoy va na boshqasi biron musulmonga ozor berishga jurʼat qila oladi. Chunki ular har bir zoʻravonlik uchun ikki hissa qasos olinishini juda yaxshi bilishadi”.

Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.