BMT “Tolibon”ning 11 nafar vakiliga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi

0
856

BMT “Tolibon”ning 11 nafar vakiliga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi

 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) “Tolibon” harakatining 11 nafar vakiliga nisbatan sanktsiyalar rejimini toʻqqiz oyga muzlatib qoʻydi. Harakatning Qatardagi ofisi cheklov choralari vaqtincha olib tashlangani haqidagi maʼlumotni tasdiqladi.

 “Men bu maʼlumotni tasdiqlayman”, – deya maʼlum qildi rasmiy vakili Muhammad Suxayl Shaxin TASS’ga.

 Avvalroq, Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov tashkilot vakillari “qora roʻyxat”dan olib tashlangani haqida maʼlumot bergandi. Uning soʻzlariga koʻra, bu Afgʻonistonda tinchlik muzokaralari jarayonini soddalashtirish uchun qilindi va “AQSh hamda boshqa mamlakatlar bilan birgalikdagi harakatlarning natijasi” boʻldi.

 “Bu 9 oylik vaqtinchalik chora. Keyin koʻramiz”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi u.

Izohlar yo'q