Neft-dollar tizimi bir kunda qulashi mumkin

0
541

Neft-dollar tizimi bir kunda qulashi mumkin

 Dunyoning neft va dollarga asoslangan moliya tizimi bir kunda qulashi mumkin, deb yozmoqda Britaniyaning “Reyter” agentligi.

Xabarda aytilishicha, Ar-Riyodda OPEK mamlakatlarining mansabdor shaxslari Vashingtonga nisbatan oʻta keskin choralar qabul qilishi mumkinligini  aytishmoqda. Xususan, bir necha yildan beri dunyo moliya tizimining ustuni boʻlgan neft-dollar tizimidan voz kechishi mumkin. Yaʼni OPEK mamlakatlari neftni dollardan boshqa valyutalar evaziga sotishni boshlashi mumkin.

 “Bunday boʻlish ehtimoli juda kam, lekin saudiyaliklar rostdan ham dollardan voz kechsa, bu uning asosiy dunyo valyutasi maqomini bekor qiladi va Vashingtonning dunyo savdosiga boʻlgan taʼsirini va alohida mamlakatlarga nisbatan sanktsiyalar kiritish imkoniyatini kamaytiradi. Saudiyaliklar, ularning qoʻlida shunday “yadroviy qurol” borligini yaxshi bilishadi”, – deb yozadi agentlik. 

 Bunga sabab – oʻtgan haftada bir qator AQSh senatorlari AQSh kongressiga OPECni bekor qilish va OPEK ittifoqiga aʼzo mamlakatlarga nisbatan choralar koʻrish, sud orqali ularning mulkini musodara qilish haqidagi qonun loyihasini kiritgan edi.

 Gap shundaki, AQSh arab mamlakatlaridan neft qazib olish hajmini oshirish va uning narxini oʻrtacha 30 dollargacha tushirishni talab qilmoqda, lekin OPEK kelishgan  holda neft narxini ishlab chiqarish xarajatlari hamda bozordagi talab va taklif asosida belgilashgan. Bugungi kunda neftь xalqaro birjalarda barreliga 70 dollardan sotilmoqda.

 Vashington va Ar-Riyod 30 yilldan ortiq vaqt davomida hamkorlik qilib kelmoqda. Saudiya Arabistoni neft sotishdan olgan daromadlarining aksariyatini AQShda saqlaydi. Xususan, 1 trillion dollar investitsiya koʻrinishida va 160 milliard dollar AQSh qimmatli qogʻozlarida. Dollarga nisbatan Saudiya valyutasi kursi 1986 yildan buyon “muzlatib” qoʻyilgan.

Izohlar yo'q