Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati Yangi Zelandiya qirgʻiniga qarshi norozilik namoyishlarini uyushtirdi
Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati 2019 yil 15 mart juma kuni asr namozidan soʻng Dakka va Chittagondagi masjidlar oldida Yangi Zelandiyadagi musulmonlar qirgʻiniga qarshi norozilik namoyishini oʻtkazdilar.
Namoyishlarda nutq soʻzlagan yigitlar quyidagilarni taʼkidladilar:
“Biz Yangi Zelandiya qirgʻinini hargiz unutmaymiz. Shubhasiz, u mustamlakachi Gʻarb va uning buzgʻunchi axborot vositalari tomonidan diskriminatsiya qilish, tahdid etish va badnom qilish kabi oʻnlab yillardan beri musulmonlarga qarshi olib borilayotgan kurashning tabiiy va bevosita natijasidir. Ular ayni kurashlarini “terrorizmga qarshi kurash” niqobi ostida, aslida, Islom va musulmonlarga qarshi kurashish orqali amalga oshirishyapti. Mudom gʻarblik ilmoniy siyosatchilar oʻz xalqlariga musulmonlarni “olaboʻji” qilib koʻrsatishayotgan ekan, demak, bu kabi qirgʻinlarning yuz berishi turgan gap. Bugungi kunda musulmonlarning haqiqiy tamsilchisi yoʻq boʻlgani uchun Gʻarb hujumi oldida butunlay ojizlikni his etyapmiz. Bir jihatdan, ilmoniy Gʻarb manfur harbiy aralashuvi orqali Islom yurtlarida boshboshdoqlik muhitini yaratayotgan boʻlsa, boshqa jihatdan, aksilmusulmon isteriya (musulmonlarga qarshi kayfiyat) mahalliy fuqarolarni musulmonlarga qarshi zoʻravonlikka undamoqda. Qachon ish Gʻarbda yashovchi musulmonlarni himoya qilishni taqozo qilsa, bu razil Gʻarb davlatlari “diniy erkinlik”da gavdalanuvchi Gʻarb qadriyatlariga amal qilish orqali musulmonlarni himoya qilayotganini iddao qilishdan uyalishmaydi. Biz bunga shaxsan guvoh boʻldik. Masalan, juma qirgʻini ortidan Yangi Zelandiya rahbarlari yurtda yashovchi musulmonlarni himoya qilish bilan koʻngillarini koʻtarish oʻrniga, ularning politsiyasi yurtdagi masjidlarga qatnamaslik toʻgʻrisida odamlarni ogohlantirdi!”.
Notiqlar yana bunday deyishdi:
“Biz yana shuni ham unutmaymizki, ayni jinoyatga islomiy yurtlardagi hukmdorlar ham sherik. Chunki, islomiy yurtlardagi musulmonlarni bugungi baxtiqaro ahvolga olib kelganlar ham, u yerlarga Gʻarb mustamlakachilarining aralashuvi uchun zamin yaratib berganlar ham oʻsha xoin hukmdorlardir. Hech qanday iroda va kuchga ega boʻlmagan shu malay hukmdorlarning eʼtiborsizligi sababli, Gʻarb oʻz xalqlarida, u yerda yashayotgan musulmonlarga nisbatan qoʻrquvni paydo qildi, ularni yomon koʻrishga undadi. Bugun bu holat butun Gʻarbda tobora avj olib bormoqda. Bu ruvaybiza hukmdorlar Ummat inqiroziga oʻzlarining muammolari sifatida qarashmayapti, aksincha, ularga tor millatchilik nazariyasi bilan hamda oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini oʻylab nazar tashlashyapti.
Roya gazetasining 2019 yil 20 mart chorshanba kungi 226-sonidan