Agar tepamizda qonga qon bilan javob qaytaruvchi xalifamiz boʻlganda edi yangi zelandiyalik anavi olchoq bunday jinoyatga qoʻl urolmas edi

0
788

Agar tepamizda qonga qon bilan javob qaytaruvchi xalifamiz boʻlganda edi yangi zelandiyalik anavi olchoq bunday jinoyatga qoʻl urolmas edi

Al-Jazira net veb-sayti hijriy 1440 yil 8 rajab, milodiy 2019 yil 15 mart juma kuni tarqatgan xabarda bunday deyiladi:

“Kraystcherch shahridagi ikki masjidga qilingan qurolli hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 49 nafarga, yaralanganlar soni 50 nafarga yetdi, ular orasida yosh bolalar ham bor. Bosh vazir Jasinda Ardern hujumni terroristik amaliyot, deya atadi va mamlakatda xavfsizlik tahdidi yuqori darajada, deya eʼlon qildi.

“Ushbu qurbon boʻlganlar oʻz hayotlaridan mana shunday dahshatli ekstremizm oqibatida judo boʻlganini maʼlum qilish men uchun juda alamli. Yaralanganlardan yigirma nafarining ahvoli juda ogʻir. Men bu hujumni terroristik amaliyot, deb atayman, bundan boshqa narsa emas”, dedi u.

Yana davom etdi: “Bu Yangi Zelandiyadagi qora kunlardan biridir. Mamlakatda yuz bergan bu hodisa oddiy zoʻravonliklardan biri emasligi va bu kabi hodisa ilgari kuzatilmaganligi hammaga ayon”.

Al-Jazira muxbiriga koʻra, qotil – to jinoyat sodir etilgunga qadar – elektron saytlarda oʻzining aksilmusulmon xarakteri va ularga tahdid qilishlari bilan tanilgan, biroq politsiya uni terrorist, deya atamadi.

Roya gazetasi sharhi:

Yangi Zelandiyada namozxonlarga qarshi sodir etilgan bu jinoyat yangilik emas. Mudom soʻnggi yillarda bu kabi terroristik amaliyotlar muntazam ravishda davom etayotgan ekan, buni oxirgi hodisa, deyish ham mushkul. Birgina Yevropada 2015 yil mobaynida musulmonlarga qarshi bu kabi jinoiy hujumlar soni yetti mingtaga yetgan. Bu Yevropadagi bir hisobotga koʻra shunday.

Misol uchun, AQShdagi soʻnggi saylovoldi kampaniyalar chogʻida Respublikachilardan boʻlgan koʻplab nomzodlar masjidlarni yopishga, “terrorchilar” oilalarini qatl qilishga, qochqinlarni qabul qilish uchun diniy tsenzurani kuchaytirishga chaqirishdi, musulmon qochqinlarni koʻppaklar, deya atashdi va barcha musulmonlarni AQShga kiritishga taqiq qoʻyishni talab qilishdi.

Shubhasiz, bu musulmonlarga qarshi jurʼat bilan qilingan qabih ish boʻlib, buning asosiy sababi, musulmonlarning himoya qiladigan xalifasi yoʻqligidir. Hatto islomiy yurtlar hukmdorlarining Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan urushi, kofir Gʻarbdagi olchoqlarga shu kabi ayanchli jinoyatlarga qoʻl urishlariga shijoat bermoqda.

Biroq shuncha azob-uqubatlarni boshdan kechirayotgan boʻlsak-da, Allohning izni ila, kelajak Islomnikidir. Ertaga roshid xalifamiz musulmonlarga ziyon yetkazishga harakat qilgan har qanday kimsaga – ey kofir-olchoq, bu qilmishing javobini eshitmaysan, balki koʻzlaring bilan koʻrasan, Alloh haqqi sening ustingga shunday qoʻshinni yuborayki, uning soni mening oldimdan sening oldinga qadar choʻziladi, deya murojaat qiladi. Bu kun esa, kutayotgan kishiga aslo uzoq emas.

Roya gazetasining 2019 yil 20 mart chorshanba kungi 226-sonidan

Izohlar yo'q