Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati “Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor” kampanisiya doirasida rajab oyi tadbirlarini boshladi

590
0

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati

وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللهِ حُكْماً

“Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor”

kampanisiya doirasida rajab oyi tadbirlarini boshladi

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati

وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللهِ حُكْماً

“Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor”, nomli kampaniya doirasida rajab oyi tadbirlarini boshladi. Islomni hayot maydonidan uzoqlashtirgan asr jinoyati, yaʼni Xalifalikning qulatilishi Hijriy 1343 yil 28 rajabda sodir boʻlgan edi. Ushbu tadbirlardan koʻzlangan maqsad ayni shu oyda musulmonlarni dushmanlar jinoyatlaridan himoya himoya qiluvchi qoʻrgʻon qulatilganini eslatishdir. Zero, Xalifalik qulatilishi bilan Islom Ummati qoloqlashdi, baxtsizlikka uchradi va boshqa xalqlar musulmonlar ustiga koʻppaklardek tashlanishdi. Musulmonlarga va ularning yurtlariga qarshi kofirlar til biriktirib boyliklarini talashdi, musulmonlar qonini toʻkish arzimas ishga aylandi va ularning birligi parchalandi.

Ushbu tadbirlardan Islom Ummati farzandlariga Xalifalik davlatini qayta barpo etish farzligini eslatish ham maqsad qilingan. Zero, Xalifalik farzlar toji boʻlib, Islomning barcha hukmlari Xalifalik davlatida tatbiq etiladi. Xalifalikni qayta tiklash uchun harakat qilishga beparvolik qilish ogʻir gunohdir. Xalifalikni qayta tiklash farz boʻlganidek, uni tiklash tariqatiga rioya qilishning ham farz ekanligi ushbu tadbirlar davomida bayon qilinadi. Zero, Rosululloh ﷺ ilk bor Madinai Munavvarada davlat barpo etganlarida ayni shu tariqatda yurdilar.

Biz Iordaniya ahlini xitoblari, daʼvat va faoliyatlari orqali ushbu tadbirlarda ishtirok etishga daʼvat qilamiz. Shuningdek, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish farzini ado etishga oʻz hissalarini qoʻshishga chaqiramiz. Shoyad, barchamiz Allohning Xalifalik berish, gʻolib qilish va xavfsizligimizni taʼminlash haqidagi bergan vaʼdasiga noil boʻlib, ushbu davlat soyasida bugungi badbaxt hayotimizdan qutulib, farovonlikka, adolat va rahmatga hamda Alloh Subhanahuning rizosiga erishsak.

Roya gazetasining 2019 yil 20 mart chorshanba kungi 226-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.