Qizil dengizning sharqiy qirgʻogʻi Britaniya uchun qanday ahamiyatga ega?

468
0

Qizil dengizning sharqiy qirgʻogʻi Britaniya uchun qanday ahamiyatga ega?

Muhandis Shafiq Xamis qalamiga mansub

1609 yili Arab dengizi sohilini yashirincha egallab olgan Britaniya dengizchi askarlari oʻldirilib, qolganlari u yerdan quvib chiqilgan edi. Britaniya yuz yildan koʻproq vaqt oʻtib, yana oʻsha joyga qaytib keldi. Undan keyingi yuz va bir necha oʻn yillikdan soʻng Qizil dengizning gʻarbiy tarafidagi uzun sohillarni egallab oldi. Qizil dengiz oldin, yaʼni oʻn yettinchi asr oxirlarigacha Qalzum dengizi deb yuritilgan. Bu nom unga Misrning Suvaysh shahriga yaqin joylashgan Qalzum shahriga nisbatan berilgan. Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Qizil dengiz sharqiy sohillarining aksariyati Britaniya tomonidan bosib olindi.

Britaniya “Britaniya-Sharqiy Hindiston kompaniyasi”ni tashkil qilganidan boshlab aloqa yoʻllari xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzining dengiz yoʻllarini egallash istagini hafsala bilan amalga oshirishga kirishdi. Toriq ibn Ziyod togʻi (Gibraltar) boʻgʻozi, “Yaxshi umid” buruni (Bu yoʻl Bobul Mandab boʻgʻoziga boʻlgan yoʻlni qisqartirish maqsadida Britaniya va Frantsiya 1869 yil Suvaysh kanalini qaziganlaridan keyin oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Bobul Mandab esa, 1839 yili Adanga boʻlgan yurishda bosib olindi), Xurmuz boʻgʻozi (Britaniya bu joyni 1749 yili oʻzining marvarid toji hisoblanmish Hindiston yoʻlida joylashgan Ammonga Busaiydiylarni hokim qilish orqali egallab oldi) Britaniya bu joylar ustidan hukmronlikni oʻz qoʻliga oldi.

Lekin Qizil dengizning har ikki tarafidagi islomiy yurtlar ahlining zaifligi va jonsizligi, Britaniya uchun oʻylaganidan ham koʻproq foyda berdi. Shu orqali Britaniya oʻzi bosib olgan olisdagi yurtlar bilan bogʻlab turadigan dengiz yoʻllari xavfsizligini taʼminlab oldi. Britaniya oʻn toʻqqizinchi asr oxirlarida Misr va Sudanni bosib olgandan keyin Qizil dengizning Gʻarbiy sohil va portlarini egalladi. Qizil dengizning sharqiy qirgʻoq va portlariga kelsak, Yaman janubidagi Bobul Mandabni u yerdan ajratib oldi. Somalidagi Tojuro sohillarida yashaydigan qabila boshliqlarini sotib olish orqali u yerga nufuzini yoydi. Birinchi jahon urushi tugashi va Oli Rashid oilasiga barham berilishi ortidan u yerga Abdulaziz ibn Abdurrahmonni hokim qildi. Soʻng Abdulazizning barcha raqiblari, yaʼni Oiz oilasi va Yaman viloyatidagi Asir nohiyasi rahbari boʻlgan Idrisiylarni Arab yarim orolidan quvib chiqdi. Soʻng Makka aslzodalaridan boʻlgan Husayn ibn Ali boshchiligida arab qoʻzgʻoloni boʻldi. Natijada Sharqiy qirgʻoqda Bobul Mandabning Midi shahrigacha boʻlgan mintaqasi Britaniyaliklar qoʻl ostida qoldi. Midi esa, Shimoliy Yaman hukmronligi ostida qoldi.

Shunday qilib, Britaniya Qizil dengizning ikki qirgʻogʻidagi islomiy yurtlarning sohillari ustidan hukmronlikni qoʻlga kiritdi va bir necha yillar u yerda oʻrnashdi. Islomiy yurtlar aholisi esa, rahbar va homiylari yoʻqligi, yurtlari taqsimlangani, oʻz yurtlari sohillariga egalik qila olmaganliklari hamda mustamlakachilar ketma-ket yurtlarini bosib olayotganliklari tufayli magʻlub boʻldilar. Lekin Britaniyaning mustamlakachiligi uzoqqa choʻzilmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin mintaqaga undan ham kuchliroq mustamlakachi keldi. Soʻng Qizil dengizning ikki qirgʻogʻidagi islomiy yurtlarni undan tortib ola boshladi. Bu mustamlakachi ishni Qizil dengizning gʻarbiy qirgʻogʻidan boshladi. Natijada 1952 yili Misrni undan tortib olib, Britaniyani undan quvib chiqardi. 1956 yili Suvaysh kanalini oldi. Muhammad Najib hokimiyatdan ketganidan keyin, Abdunnosir Sudanni boʻlib yubordi. 1969 yil Sudanga Jaʼfar Namiriy va 1988 yil Umar Bashir prezident boʻldi. Efiopiyada Mengistu Xayle Mariam davrida nima ishlar boʻlgani barchaga ayon.

Amerika elliginchi yillarda tashkil etgan Oʻrta Sharqni himoya qilish tashkiloti (MEDO) loyihasini Qizil dengiz xavfsizligi loyihasi bilan yangilamoqchi boʻldi. Buning uchun 1977 yil mart oyida Taiz shahrida konferentsiya oʻtkazdi. Unda mezbon Ibrohim Hamadiydan tashqari Janubiy Yamandan “Solimiyn” laqabi bilan mashhur boʻlgan Muhammad Solim, Somalidan Muhammad Sayyod Bariy, Sudandan Jaʼfar Namiriy, Najd va Hijozdan vakillar ishtirok etdi. Misrdan vakil qatnashmaganining sababi Anvar Sadat Quddusga ketgan va “Knesset”da nutq soʻzlashi kutilayotgan edi. Lekin Britaniya Amerikaning orzusini puchga chiqarish maqsadida qattiq qarshilik qildi va Sanʼoda Ibrohim Hamadiyni va Adanda Solimiynni oʻldirdi.

Britaniya Ali Abdulloh Solih hokimiyatga kelgandan boshlab Qizil dengizning Yaman sohillariga, yaʼni Bobul Mandabdan Midigacha egalik qila boshladi. Ali Abdulloh Solih Hamadiy, Gʻashmiy va Soliminlar oʻldirilgandan keyin hokimiyatga keldi. U oʻsha davrga kelib Taiz viloyati sohilidagi Xolid brigadasiga yetakchilik qilayotgan edi. Bu mintaqa ustidan taʼsir kuchiga ega boʻlganlar Yamanga mast qiluvchi ichimliklar, narkotiklar, qurol aslaha va fohishalar olib kirish bilan shugʻullanishadi.

Aytish mumkinki, Amerika bugun Husiylar ortida turib, Qizil dengizning ikki qirgʻogʻi ustidan qayta hukmronligini oʻrnatmoqchi. Chunki Husiylar 2014 yili Hodiyga qarshi inqilob qilishdi va Bobul Mandabdan Midigacha boʻlgan sohillar ustidan hukmronlikni qoʻlga kiritmoqchi. Britaniya esa, ularni Midi, Bobul Mandab va Hadidadan chiqarib yuborish uchun qoʻshin yigʻdi. Husiylar Hadidadan boshqa joylarni qoʻldan bergach, Amerika ularning Hadida va uning portlari borasida ham yutqazib qoʻyishidan qoʻrqib, insonparvarlik bahonasi ostida harakat qila boshladi.

Amerika 2018 yil 12 dekabrda malayi Qirol Salmon orqali Qizil dengizga qayta hukmron boʻlish uchun xavfsizlik va taraqqiyotni kuchaytirish va xalqaro tijoratni himoya qilish nomi ostida Qizil dengiz atrofidagi davlatlarni yigʻdi. Natijada, Britaniya Qizil dengiz sohillari ustidan hukmronligini saqlab qolish uchun BMTdan yordam soʻrashga majbur boʻldi. Chunki Husiylar Hadida shahrini nazorat ostiga olganidan beri Britaniya Amerikaning bu shaharga nisbatan niyati buzuqligini sezgan edi.

Kimdir Britaniya bosib olgan musulmon yurtlarga yaxshilik olib keladi deb oʻylasa, kimdir Amerika yaxshilik olib keladi deb oʻylayapti. Lekin bu yerda bir savol tugʻiladi: Qancha urushlar boʻldi? Bir-biri bilan kurashayotganlarni deb qancha qurbonlar berildi? Ular bizga badboʻy kapitalistik hazoratning azobidan boshqa hech narsa berishmadi-ku. Musulmonlar uchun barcha mustamlakachilarni Qizil dengizdan quvib chiqarib, roshid Xalifalik soyasida mintaqani oʻz bagʻirlariga qaytarish vaqti kelmadimi?

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.