Pentagon Turkiyaga “jiddiy oqibatlar” bilan tahdid qildi

0
630

Pentagon Turkiyaga “jiddiy oqibatlar” bilan tahdid qildi

 Pentagon Turkiya Rossiyadan S-400 Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qiladigan boʻlsa, buning oxiri yomon boʻlishini aytib, tahdid qilishda davom etmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar tarqatdi.

Xususan, AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Charlьz Sammers, Anqarani “ogʻir oqibatlar” kutayotgani, yaʼni Vashington bilan harbiy sohada munosabatlar buzilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

 Pentagon, shuningdek, Anqara S-400ni xarid qilib, amerikaning F-35 qiruvchilari va Patriot zenit-raketa majmualaridan mahrum boʻlishi mumkinligini qoʻshimcha qilgan.

 2017 yilda Moskva va Ankara S-400 zenit-raketa komplekslarini yetkazib berish haqida bitim imzolagan boʻlib, shundan soʻng Turkiya va AQSh oʻrtasida diplomatik mojarolar yuzaga keldi. Vashington turkiyalik ittifoqdoshidan amerika Patriot lari hisobiga Rossiya qurol-aslahalaridan voz kechishni talab qilmoqda.

 Ammo Anqara ushbu masalada qatʼiy pozitsiyaga ega ekanligini va amerika ZRKlarini xarid qilgan taqdirda ham, S-400dan voz kechishni rejasi yoʻqligini taʼkidlab kelmoqda. Mamlakat rahbariyati fikriga koʻra, ushbu mavzularning “bir-biriga mutlaqo aloqasi yoʻq”.

 Kelishuvga muvofiq, Rossiya Turkiyaga S-400ning toʻrtta divizionini yetkazib beradi, ularning qiymati 2,5 milliard dollarga baholanmoqda. S-400 boʻyicha kelishuvning bir qismini Anqaraning oʻzi toʻlaydi, bir qismi Rossiya krediti hisobiga amalga oshiriladi. Turkiya Mudofaa vaziri rahbari Xulusi Akar S-400ning mamlakat hududida oʻrnatilishi ishlari 2019 yil oktyabridan boshlanishini aytgan edi.

Izohlar yo'q